Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Messi, Mbappe va Neymar. «PSJ»ning hozirgi paytdagi yetakchisi kim?

Messi, Mbappe va Neymar. «PSJ»ning hozirgi paytdagi yetakchisi kim?

Baho:
+ | -

«PSJ» yozda Lionel Messini sotib oldi va Kilian Mbappeni jamoada saqlab qoldi.  Neymarni ham qo‘shib hisoblaganda, parijliklar hujum chizig‘ida juda dahshatli hujum triosini yaratildi. Shunga qaramay, ular bilan teng sharoitda bo‘lish qiyin, kimdir yetakchi bo‘lishi kerak. Hozirda «Stadion.uz» nashri aynan shu haqida fikr yuritishga qaror qildi.

Trio Messi - Mbappe - Neymar, ko‘pchilik bu kuchli uchlikni «Barselona»ning bir necha yil avvalgi hujum uchligi Messi - Suares - Neymar bilan solishtirishga harakat qilmoqda. Hozirgi paytda o‘sha futbolchilarning ikkitasi Parijda. Biroq, tashqi o‘xshashlikka qaramay, farq juda katta. Kataloniya klubi davrida bu trio ekanligini hamma tushunardi, lekin bosh qahramon argentinalik edi. «Liverpul»dan ko‘chib o‘tgan goleador Suares ham yonma-yon o‘ynashdan tortinmadi. Iqtidorli Neymar ham jamoa uchun o‘ynashga tayyor edi.



Bu trioning o‘ziga xosligi shundaki, har biri yuqori darajadagi yulduz bo‘lsa-da, ular jamoa uchun shaxsiy yutuqlarini qurbon qilishga tayyor edilar. Shu bilan birga, Suares ham, Neymar ham o‘zlarini yetakchi deb sanab, «qirollik»dan Messini ag‘darishga urinmadi, balki uning haqiqiy sheriklariga aylandi. Ammo bu uchlik ko‘p o‘tmay bu hujum triosi tarqalib ketdi. Neymar yetakchi bo‘lishni istab qoldi, yoki u ko‘pchilik taxmin qilganidek katta pul ishlab topishga qiziqdi va Messining soyasida qolib ketayotganini bahona qilib, «PSJ»ga o‘tdi.

Parijliklarning hozirgi hujum uchligi Messi - Mbappe - Neymar. Albatta, «PSJ» nom va erishgan yutuqlar jihatidan «Barselona»dan farq qiladi. Braziliyalik futbolchi Fransiya poytaxtidagi bosh qahramonga aylanmadi. Neymar Mbappe bilan birga kelgan bo‘lsa-da, janubiy amerikalik futbolchi «PSJ»da yosh sherigiga qaraganda kamroq o‘yin o‘tkazdi. Tabiiyki, bu statistikaga ham Juniorga ta’sir qildi. Mbappe Neymardan ko‘proq gol urdi. Lekin gap bu emas. Mbappening har bir o‘yinga qo‘shgan hissasi yillar o‘tgan sayin sezilarli bo‘lib ko‘rinadi.



Ular Messining o‘tishini boshqacha qabul qilgan bo‘lsa ajab emas. Neymar endi prima bo‘lishga intilmayapti, hozirda «Oltin to‘p»ga da’volik qilmaydi. Uning uchun Messining kelishi do‘sti bilan uchrashish, yangi kuchli sheriklikning paydo bo‘lishi kerak edi. Shu bois, Neymar argentinalik futbolchining transferini olqishladi. Mbappe uchun Messining kelishi «PSJ»ning asosiy yulduzi maqomini yo‘qotish xavfidek ko‘rindi. Fransiyalik futbolchi o‘zining transferini talab qilgani va kelasi yozda tugaydigan shartnomani uzaytirishni istamagani ham shundan bo‘lsa kerak.

Hozirda Mbappe «PSJ» hujumidagi asosiy yetakchi bo‘lib qolmoqda. Messi yangi jamoaga, yangi shaharga, yangi chempionatga moslasha olmayapti. Argentinalik futbolchi hali ham Liga 1da birorta ham gol ura olmagan, ammo hamma uning «Brest» va «Anje» kabi jamoalar darvozasiga dubl, xet-trik qilishini taxmin qilishgandi. Neymarning ham avvalgi kabi salohiyati yo‘q. U joriy Fransiya chempionatida bir martagina gol urgan. To‘g‘ri, uning hisobida bir nechta golli uzatma bor, ammo bu bir necha yil oldin Parijga yetakchi maqomida kelgan Neymar uchun yarashmaydi. Mbappe yakka o‘zi janubiy amerikaliklarga qaraganda ko‘proq gol urdi va tez-tez assistentlik qildi.



Mbappe o‘zining «PSJ»ning eng yaxshi futbolchisi ekanligini isbotlamoqda, Neymar va Messi esa fransiyalik futbolchining natijaga erishishida yordam berishga intilishlari kerak. Shu boisdan keyingi mavsumda parijliklar yana  xavotirga tushishni boshlaydi. Agar Mbappeni shartnomani uzaytirishga ko‘ndira olmasa, klub hujumda jiddiy muammolarga duch kelishi mumkin. Qanchalik g‘alati tuyulmasin, Messi va Neymar jamoani oldinga tortishiga ko‘pchilik ishonmay qoldi. Sababi, birinchisi tushkunlikka tushib qolgan bo‘lsa, ikkinchisining o‘yin sifati juda ham pasayib ketgan.

Golga chanqoq Mbappe hozirda har qanday jamoa kiperlarini xafa qilishga tayyor. U Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni orzu qiladi, «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishni xohlaydi. Mbappe yosh shahzodaga o‘xshaydi. Umid qilamizki, Kilian yaqin kunlarda Messiga haqiqiy o‘rinbosar bo‘ladi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 11:02, 05.11.2021.
O'qildi: 7563 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.