Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Yevropa Ligasi. «Lester» - «Spartak» uchrashuvidan keyingi fikrlar

Yevropa Ligasi. «Lester» - «Spartak» uchrashuvidan keyingi fikrlar

Baho:
+ | -

Yevropa Ligasi guruh bosqich 4-turi doirasidagi «Lester» - «Spartak» uchrashuvidan (1:1) keyin bildirilgan fikrlarni taqdim etamiz.

«Lester» darvozaboni Kasper Shmeyxel: "O‘yinda g‘alaba qozonish kerak edi. O‘yinning aksariyat qismida ustunlik qildik va ularda bir nechta imkoniyatlar yuzaga keldi va gol urishdi. Ayni vaqtda juda ko‘p gol o‘tkazib yuboryapmiz, ammo g‘alaba qozonish uchun yetarli vaziyatlarga ega bo‘lmoqdamiz".

«Lester» hujumchisi Kelechi Ixeanacho: "Bugun xafa qiladigan kecha bo‘ldi, biz beparvo holatda gol o‘tkazib yubordik, ammo o‘yinga qayta oldik. So‘nggi 10 daqiqa ichida raqib jarima maydonchasi atrofida bo‘lgan holda gol urish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishga harakat qildik. Endi keyingi ikki uchrashuv uchun e’tibor qaratishimiz kerak. Umid qilamanki, g‘alaba qozonamiz va yurishimizni davom ettiramiz. Omad biz tomonda bo‘lmadi va keyingi o‘yinda u biz bilan bo‘lishiga umid qilaman. Ikki vaziyatdan foydalana olmadik, hujum chizig‘ida ko‘proq ishlar qilishimiz kerak. U bugun ish bermadi. Hozir hamma tushkun holatda, keyingi o‘yinlarga e’tibor qaratishimiz kerak. Avval Premyer-Liga, keyinchalik esa Yevropa Ligasida o‘sish uchun harakat qilamiz."

«Spartak» himoyachisi Georgiy Jikiya: "Ob’ektiv fikr bildirganda «Lester» bugun o‘yinda hukmronlik qildi va bizni himoyada ushlab turdi. Gol urish uchun yaxshi hududlarga kirib bordi. Ammo, jamoam va o‘z nomimdan aytadigan bo‘lsam, bu juda ijobiy natija. Bugungi o‘yinda penaltini qaytargan Selixovni ko‘rsatib o‘tmoqchiman. Bizni chuqurdan chiqarib olgani va yordam bergani uchun minnatdorchilik bildiraman. Kurashni davom ettiramiz. Oldimizda muhim o‘yinlar kutib turibdi. Ko‘ramiz, qanday natija qayd etar ekanmiz".

«Spartak» bosh murabbiyi Rui Vitoria: "Birinchi maqsadimiz - himoya chizig‘imizga yaqin bo‘lish va raqibga chuqur kirib ketmasligi uchun bo‘sh hududlar bermaslik edi. Bu borada futbolchilarim zo‘r o‘ynashdi. Biz bunga loyiqmiz, chunki yaxshi o‘yin, munosabat namoyish etdik va katta e’tibor bilan harakat qildik.

Viktor Mozes katta sifatlarga ega va shunday o‘yinlarda erkin harakat qiladi. Ushbu bahsda bizda ko‘p imkoniyat bo‘lmadi, shuning uchun hujum qilayotganimizda kuchli bo‘lishimiz kerak. Viktor juda yaxshi yakunladi. Biz u yerdamiz va kurashishimiz lozim. Oxirgi ikki o‘yinda ishonch bilan kirishamiz".

«Lester» bosh murabbiyi Brendan Rojers: "O‘yinda chindan ham ustunlik qildik. Fikrimcha, yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. To‘pni yo‘qotganimizdan keyin o‘z jarima maydonimizga qayta olmaganimiz zararimizga ishladi. O‘yinning uchinchi qismida bizda biroz sifat yetishmadi. Ammo, o‘yinda hamma narsa bizga qarshi ishladi".

Manba: uefa.com
Kiritildi: 13:10, 05.11.2021.
O'qildi: 1890 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик