Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

“Billur“ futbolchilar qismati

“Billur“ futbolchilar qismati

Baho:
+ | -

Bir futbolchi iqtidorli bo‘lishi mumkin, ammo kuchli bo‘lish uchun unga yana bir qancha jihatlar kerak. Eng keraklilaridan biri jismoniy holat hisoblanadi. Neymar iqtidor masalasida Messi va Ronaldu bilan tenglasha oladi, ammo aynan o‘sha yuqorida ta’kidlangan sifatning yetishmasligi uning ikki superyulduz qatorida bo‘lishiga to‘siq bo‘ladi. Shuningdek, bundan 3-4 yil avval Dembele va Mbappe ham bir xil darajadagi futbolchilar edi, ammo birining jarohatlarga o‘ta moyilligi unga har doim halaqit berib keladi. Biri ko‘plab o‘yinlarda maydonga tushib, katta o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatib mahoratini oshirib kelsa, yana biri lazaretda yoki o‘z uyida qandaydir mayda-chuyda mashg‘ulotlar bilan band bo‘ladi. Hozir so‘nggi mavsumlarda o‘z jarohati sabab faoliyatini “o‘ldirib“ qo‘yayotgan ayrim iqtidorlarga to‘xtalib o‘tamiz.

Marko Roys

Qachonlardir Germaniya terma jamoasining yetakchisi bo‘lishi kutilgan futbolchi. Dortmunddagi muxlislar hanuz uni o‘zgacha ardoqlashadi. Roys bilan “Signal Iduna Park“da birga o‘ynagan Levandovskiy, Gyundogan, Gyotse, Mxitaryan kabi futbolchilar grand klublarga o‘tib ketishdi, ammo Marko «arilar» bilan qoldi. U klubga bo‘lgan sadoqatini ortig‘i bilan namoyish etdi. Bu borada unga tan bermasdan iloj yo‘q. Afsuski, futbolda hammasi vafodorlik bilan o‘lchanmaydi. Shunday bo‘lganda, Roys hozir eng zo‘rlaridan biri bo‘lardi.

Unda g‘alati bir an’ana bor. Endi ajoyib o‘yin ko‘rsatayotganda, yuqori formada bo‘lib turganda jarohat orttirib oladi. Kamida 2 hafta tiklanish uchun vaqt sarflaydi. So‘ng yana 1 oy o‘tib, yuqori formasiga qaytadi va qarabsizki, yana bemorga aylanadi. Bu holatni ko‘p kuzatganmiz. Ayniqsa, top klublarga qarshi o‘yinda u juda zo‘r o‘ynab yuboradi. Ortiqcha zo‘riqish sabab bo‘lsa kerak, shu super o‘yinidan so‘ng safdan chiqadi. Qizig‘i, qaytish vaqti yana top klublar bilan o‘yinga to‘g‘ri keladi.
Xullas, Roys hurmatga, maqtovga, olqishlarga har tomonlama munosib. Biroq jismoniy barqarorlik borasida unga havas qilib bo‘lmaydi.

Garet Beyl

Uelslik futbolchi “Real“ safidagi ko‘p vaqtini shifoxonalarda o‘tkazdi. Hatto Beyl haqida “har bitta shifokor bilan yaxshilab tanishib chiqdi“, – degan hazilomuz gaplar paydo bo‘la boshladi. Uning naqadar iqtidorli futbolchi ekanligiga bir necha o‘yinlarda guvohi bo‘lganmiz, ammo jarohatlar, uzoq to‘xtalishlar futbolchining darajasiga ta’sir qilmasdan qolmadi. Dastlab asosiy tarkibdan zaxiraga olinadigan bo‘ldi. So‘ng faqat zaxiradan maydonga tushib yurdi. Hozir esa u hatto, qaydnomalarga ham kiritilmayapti. Sabab sifatida yana o‘sha jarohatlaridan to‘liq qutulmagani ko‘rsatilmoqda. E’tiborli jihati, “Golf-master“ bu mavsum yakunlanmay turib, tiklanish jarayoni tufayli 13ta bahsni o‘tkazib yubordi. O‘tgan mavsum bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, Garet lazaretda ekanligi bois oxirgi to‘liq mavsumning 18ta o‘yinida qatnasha olmagan. Ko‘rinishidan, vaziyat salbiy tomonga qarab ketaveradigandek.

Eden Azar



“Chelsi“dagi o‘yinlari bilan muxlislar e’tiborini qozongan yana bir “billur“ futbolchi. O‘z vaqtida Messi va Ronaldudan keyingi eng yaxshi futbolchi bo‘lishga da’vogarlik qilgan Eden oxirgi paytlarda, shunchaki maydon tashqarisidan bahslarni tomosha qilib o‘tiribdi. Ba’zan uchrashuv oxirlarida maydonga tushiriladi, ba’zan umuman unutib qo‘yiladi. Biroq hali Azar Beyl singari obro‘sini yo‘qotgani yo‘q. Undan hali ham ko‘p muvaffaqiyatlar kutayotganlarni yetarlicha topish mumkin. Zotan, o‘yini o‘xshab qolgan paytlarda unga qarshi o‘ynash oson kechmaydi. Buni APL himoyachilari juda yaxshi bilishardi. Hozircha belgiyalik futbolchi La Ligada iqtidorining yarmini ham ko‘rsatmadi deb hisoblash mumkin.

Usmon Dembele

So‘nggi kunlarda jarohat desa futbol ishqibozlarining hayoliga birinchi bo‘lib keladigan shaxs. Uning “Borussiya Dortmund“dagi fantastik o‘yinlaridan keyin “millionlar o‘yini“da yangi yulduz porlayotgani aytilgandi. Katalon klubida ham u kimsan 222 millionlik Neymarga o‘rinbosar sifatida ko‘rilgandi. Oz emas, ko‘p emas, naq 105 million yevro evaziga xarid qilingan “yulduz“ yildan-yilga so‘nib bormoqda. Raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, Usmon “Barselona“ safiga qo‘shilganidan buyon umumiy hisobda 85ta uchrashuvni jarohat sabab o‘tkazib yuborgan. Bu o‘rtacha hisobda har mavsum kamida 20 bahs degani. Ochig‘i, Dembelening texnikasi, tezligi, passlariga e’tiroz bildirishga umuman hojat yo‘q. Bu borada unda kamchilik yo‘q, hozircha. Lekin o‘yin amaliyotining borgan sari kamayib borishi futbolchining maydonni his qilish, kerakli vaqtda kerakli joyda paydo bo‘lish va albatta, jismoniy holatga yetarlicha baho berish kabi qobiliyatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayni damda “blaugranas" muxlislari ham yosh fransuzda ham shu holat yuz bermaydi, degan umiddalar.


Futbolda nozik harakatlanadigan, texnikasi kuchli, tezligi yuqori bo‘lgan futbolchilar tez-tez jarohat olib turishadi. Sababi himoyachilar bu toifadagi raqibga qarshi o‘ynashga qiynalishadi va qo‘pollik ishlatishga majbur bo‘lishadi. Shu boisdan, ba’zi futbolchilarga "billur” so‘zi qo‘shib ishlatiladi. Ko‘rinishidan chiroyli, o‘ziga maftun qiladi. Biroq sal qattiq tegib ketsangiz, tez darz ketishi mumkin.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:16, 05.11.2021.
O'qildi: 4884 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.