Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 19:30 Buxoro 2-0 Qizilqum
14/03 19:30 Neftchi 0-0 Qo‘qon-1912
15/03 00:45 Jenoa 2-1 Lechche
15/03 01:00 Las-Palmas 2-2 Alaves
15/03 17:55 Sho‘rtan - Bunyodkor
15/03 18:00 Valyadolid - Selta
15/03 19:00 Monsa - Parma
15/03 19:00 Udineze - Verona
15/03 19:30 Andijon - Nasaf
15/03 20:00 Everton - Vest Xem
15/03 20:00 Ipsvich - Nottingem Forest
15/03 20:00 Manchester Siti - Brayton
15/03 20:00 Sautgempton - Vulverhempton
15/03 20:15 Malyorka - Espanyol
15/03 20:15 Dinamo - Mash’al
15/03 22:00 Milan - Komo
15/03 22:30 Vilyarreal - Real Madrid
15/03 22:30 Bornmut - Brentford
16/03 00:45 Torino - Empoli
16/03 01:00 Jirona - Valensiya
16/03 16:30 Venetsiya - Napoli
16/03 17:45 Surxon - Xorazm
16/03 18:00 Leganes - Betis
16/03 18:30 Arsenal - Chelsi
16/03 18:30 Fulhem - Tottenhem
16/03 19:00 Bolonya - Lasio
16/03 19:30 So‘g‘diyona - Navbahor
16/03 20:00 Roma - Kalyari
16/03 20:00 OKMK - Paxtakor
16/03 20:15 Sevilya - Atletik Bilbao
16/03 22:00 Fiorentina - Yuventus
16/03 22:30 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
16/03 22:30 Osasuna - Xetafe
17/03 00:00 Lester - Man. Yunayted

Luisma Ernandez: «So‘nggi lahzalarda «Metallurg»ga omad yetishmayapti»

Luisma Ernandez: «So‘nggi lahzalarda «Metallurg»ga omad yetishmayapti»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 24-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Metallurg” (1:0) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandez qatnashib, o‘yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

— Namanganda o‘yin qiyin kechishini bilgandik. “Navbahor”ning muxlislari ko‘p, ular jamoalarini qo‘llab-quvvatlash orqali doimo raqib jamoaga bosim qilib turishadi. Shunga qaramay, bugun yaxshi o‘ynadik, juda ko‘plab vaziyatlar yaratdik, lekin oxirgi pallada imkoniyatlardan foydalanishda bizga omad yetishmayapti, — dedi Luisma Ernandez.

— Sizni akademiyadagi ishingiz orqali yaxshi bilamiz. “Metallurg”ni murakkab vaziyatda qabul qilib, qisqa muddatda yaxshi ishlarni amalga oshiribsiz, buni bugungi o‘yinda ko‘rdik. Jamoada qanday kamchiliklar bor va nimalarni o‘zgartirish kerak?
— Garchi O‘zbekistonga dastlab akademiyada ishlash uchun kelgan bo‘lsam ham, bundan avval Janubiy Koreya va Quvaytdagi professional jamoalarda bosh murabbiy bo‘lib ishlaganman. “Metallurg”ga kelsak, qisqa muddatda jamoani o‘yinga tayyorlashga to‘g‘ri keldi. Jamoada intensivlikni, shiddatni oshirish kerak. Kamchiliklarni to‘g‘rilagan holda, keyingi ikki turda ijobiy natija qayd etishga harakat qilamiz.

— Bugun shunday natija qayd etilishini kutganmidingiz? “Metallurg”ga joriy mavsum yuqori o‘rinlarni egallash uchun nima yetishmadi, deb o‘ylaysiz?
— Biz bu yerga g‘alaba qozonish uchun kelgandik, shu bois, natija biz uchun kutilmagan bo‘ldi. Maydonda ro‘y bergan voqealarni ko‘rdingiz, ularga alohida to‘xtalmoqchi emasman. Men “Metallurg”da ish boshlaganimda, jamoada nimadir o‘xshamayotgandi, qiyin vaziyatga tushib qolgandi. Shunga qaramay, murakkab chorlovni qabul qildim. Qisqa vaqt ichida astoydil mehnat qildik, ishlashda davom etamiz. Tushunaman, jamoamiz qiyin ahvolda, lekin futbol – jasur insonlar uchun, faqat qiyin chaqiruvlarni qabul qilganlargina futbolda muvaffaqiyat qozonadi.

— Shartnomangiz joriy mavsumga mo‘ljallanganmi yoki keyingi yil ham “Metallurg”dagi ishingizni davom ettirasizmi?
— Maqsadim – “Metallurg”ga yordam berish, qattiq mehnat qilish. Klubdagi kelajagim borasida mavsum tugagandan so‘ng rahbariyat bilan gaplashamiz.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 23:22, 05.11.2021.
O'qildi: 1653 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz