Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Gvardiola: "To‘g‘ri, ular 5:0 hisobida yutishdi, lekin biz «Liverpul»ning o‘yin uslubidan foydalanmaymiz"

Gvardiola: "To‘g‘ri, ular 5:0 hisobida yutishdi, lekin biz «Liverpul»ning o‘yin uslubidan foydalanmaymiz"

Baho:
+ | -

“Manchester Siti” Angliya Premyer-Ligasi 11-tur doirasida MYU maydoniga safar qiladi. Mazkur bahsdan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida «shaharliklar» ustozi Pep Gvardiola o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Eng katta o‘yin? Bunday deb o‘ylmayman. Balki. Ba’zi odamlar uchun shunday bo‘lishi mumkin. Biz har bir o‘yinga alohida e’tibor beramiz. Derbi o‘zaro raqobati bilan ajralib turadi, ammo yakunda natija bir xil bo‘ladi. Bu final emas, bu bir o‘yin. Ertalab turaman va mashg‘ulotlar markaziga kelaman. Bu yerda 10-14 soat davomida bo‘laman va u uyga ketaman.

Pivo ishich uchun barlarga bormayman va u yerdagi atmosferani tasavvur qila olmayman. Bu normal holat, lekin eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsata olish va nima qilishni bilish uchun sovuq miyada bo‘lishim kerak.

Oldimizda hali 28 o‘yin bor, shunday ekan juda ham ko‘p ochkolar. Biz harakat qilamiz va o‘yinda g‘alaba qozonmoqchimiz. «Yunayted» biladi. Biz buni amalga oshirmoqchimiz va keyin nima sodir bo‘lishini ko‘ramiz. Taqvim haqida o‘ylayotganim yo‘q va necha ochko orqada yoki oldinda ekanligimizning qizig‘I yo‘q hozircha.

Hozirda biz birgamiz, 3 karra Premyer-Liga chempioni bo‘ldik, ulardan ba’zilarini boshidan oxirigacha boshqarib kelganmiz. Yana bir tomoni, ochkolarni tiklab olishimiz kerak. Har yili turlicha bo‘ladi.

Da’vogarlarning sifatini bilamiz. Raqibimiz qanday murakkab ekanligidan xabardormiz. Biz u yerga o‘z ishimizni qilish uchun safar uyushtirayapmiz.

Bugungi bahs «Yunayted»ning APLdagi «Liverpul»ga 0:5 hisobida imkoniyatni bo berganidan beri birinchi “Old Traford”da o‘tkaziladigan uchrashuv bo‘ladi, ammo Gavrdiola Kloppning taktika va ishlanmalari bo‘yicha o‘yinga yondashmasligini aytib o‘tdi.

«Siti» ustozi shogirdlari boshqa uslubdagi o‘yinga mos tushishlarini tan oldi va o‘z prinsiplari bo‘yicha harakat qilish jamoaga yaxshiroq ekanligini aytib o‘tdi.

“Biz «Liverpul» kabi o‘ynay olmaymiz. Futbol ko‘chirib olish va joylashdan iborat emas. Biz bunday futbol tarafdori emasmiz, chunki bizning o‘yinchilar boshqacha va turli uslubda o‘ynashadi. Agar 5 yilda Premyer-Ligani ko‘rgan bo‘lsangiz, biz boshqacha o‘ynashimizni bilib olasiz. Ular 5:0 hisobida yutishdi. Biz ham ular kabiyo‘l tutamizmi? Bu aqlli ish bo‘lmaydi.

Biz harakat qilmoqchimiz va jamoa bo‘lib o‘z o‘yinimizni ko‘rsatamiz. Sababi, bizda turli sifatlardagi boshqa o‘yinchilar mavjud. Balki, hozir «Yunayted» «Liverpul» bilan o‘ynaganida ular boshqa usuldan foydalanishardi va bir xil natija qayd etilmasdi. Har bir o‘yin bir-biriga o‘xshamaydi. Murabbiy oldingi o‘yindan nima ishlashi va nima ishlamasligi hamda buni tuzatish uchun nima qilish kerakligini o‘rganadi. Bu normal”.

Manba: mancity.com
Kiritildi: 10:28, 06.11.2021.
O'qildi: 4341 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.