Ispaniya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan "Selta" – "Barselona" uchrashuvi yakunlandi (3:3).
O‘yin davomida mezbonlar hujumchisi Yago Aspas ikki marotaba kataloniyaliklar posboni Mark Andre Ter Shtegen qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol etdi. Bu gollar Aspas uchun germaniyalik kiper darvozasiga kiritgan 7-golga aylandi va bu borada "Atletik" jamoasi sobiq hujumchisi Arits Aduris (6ta gol)dan yuqorilab oldi.
Joriy mavsum 34 yoshli Aspas La Ligada 13 o‘yinda maydonga tushib, 5 gol va 1 assistni hisobiga yozdirib qo‘ydi.