Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

APL. Ranyeri faoliyati davomida biror marta ham «Arsenal»ni mag‘lub eta olmagan (prevyu)

APL. Ranyeri faoliyati davomida biror marta ham «Arsenal»ni mag‘lub eta olmagan (prevyu)

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-Ligasi 11-turi doirasida «Arsenal» o‘z maydonida «Uotford» klubini qabul qiladi.

Bilasizmi?

Klaudio Ranyeri «to‘pchilar»ga qarshi oxirgi 5 safar o‘yinini (APLda) boy berib qo‘ygan va 11 urinishda biror marta g‘alaba qozona olmagan (4 durang, 7 mag‘lubiyat). «Arsenal» Ranerining top-5 chempionatlardagi faoliyati davomida kamida 5 marta to‘qnash kelgan va mag‘lub bo‘lmagan yagona jamoa hisoblanadi.

«Arsenal» hujumchisi Per-Emerik Obameyang «Uotford»ga qarshi 5 APL o‘yinida oltita gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 2019/20 yilgi mavsumda bugungi raqib bilan har ikkala o‘yinda dublga erishgan.

5:2 hisobida safarda «Everton» mag‘lub etilganidan keyin, «Uotford» 2017 yil sentyabridan beri (Marko Silva boshqaruvida) birinchi marta ketma-ket ikki safar bahsida g‘alaba qozonishi mumkin. Ularning Premyer-Ligadagi safarda qo‘lga kiritilgan oxirgi 5 o‘yini turli murabbiylar boshqaruvida kuzatilgan: Xaviyer Garsiya, Kike Flores, Naujel Pirson, Xisko, Ranyeri.

Joriy mavsum «Arsenal» safida birorta futbolchi APLda Emil Smit Roudan ko‘ra ko‘proq golli vaziyatlarda (5 gol, 2 assist) ishtirok etmagan. 21 yoshli xavbek APLdagi so‘nggi 2 uchrashuvida gol urishga erishdi. Londonliklar tarixida faqatgina 3 futbolchi 21 yoshgacha klubning ketma-ket 3 o‘yinida gol urishga muvaffaq bo‘lgan (Anelka, Xose Antonio Rees va Sesk Fabregas).

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Kevin Frend

Qanot hakamlari: Adrian Xolms, Simon Bek

Zaxira hakami: Martin Atkinson

VAR: Jarred Jillet

VAR yordamchisi: Jeyms Meynveyring

 

Taxminiy tarkiblar

«Arsenal»: Remzdeyl, Tomiyasu, Uayt, Magalyayesh, Tavares, Lokonga, Parti, Saka, Lyakazett, Rou, Obameyang

«Uotford»: Foster, Ngakia, Eking, Kathart, Massina, Sissoko, Kutska, Sarr, Dennis, Kleverli, King.

Jamoa xabarlari

Granit Jaka hali ham jarohatidan forig‘ bo‘lgani yo‘q, ammo Kiran Tirni to‘liq mashg‘ulotlarga qaytdi va o‘yinga jalb etiladi. Nuno Tavaresh shunday bo‘lsa ham ushbu pozisiya uchun munosib ekanligini ko‘rsatdi. Martin Edegor va Nikolya Pepe asosiy tarkib uchun harakat qilishmoqda, biroq o‘tgan haftada «Lester» ustidan qozongan g‘alabadan (2:0) keyin o‘zgartirilmasligi lozim.

Kabasele, Etebo, Sema, Baah jarohati bois «Arsenal»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishadi. Siyerralta va Fmeniyada ham kichik jarohat bor va ularning qatnashishi so‘roq ostida.

Raqamlar

«Arsenal»ning barcha musobaqalarda «Uotford»ga qarshi oxirgi 15 o‘yinining 13tasida o‘rtacha 2,5tadan ko‘proq gol kiritilgan.

«Arsenal» barcha musobaqalarda «Uotford»ga qarshi oxirgi 3 uy o‘yinining barchasida g‘alaba qozongan.

«Arsenal» 7 uchrashuvdan beri mag‘lub bo‘lmay kelmoqda (Premyer-Liga).

«Arsenal» APLdagi so‘nggi uch o‘yinida kamida ikkitadan gol urgan.

«Arsenal» o‘z uyida «Uotford»ga qarshi oxirgi 3 uy bahsida kamida ikkita gol kiritgan (barcha musobaqalarda).

Jamoalar APLda o‘zaro 14 marta to‘qnash kelishgan. 11 marta londonliklar, 2 marta mehmonlar g‘alaba qozonishgan. 1 o‘yin durang natija bilan tugagan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 09:49, 07.11.2021.
O'qildi: 2321 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.