Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 06:00 Argentina 1-1 Ekvador
05/07 21:00 Ispaniya - Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya - Fransiya
06/07 06:00 Venesuela - Kanada
06/07 21:00 Angliya - Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya - Turkiya

Gvardiola MYUga qarshi o‘yindan keyin fikr bildirdi

Gvardiola MYUga qarshi o‘yindan keyin fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-Ligasi 11-turi doirasida "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qildi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

«Siti» o‘yin boshidan oxiriga qadar o‘yinda ustunlikka erishdi va Krishtianu Ronalduning ajoyib zarbasini Ederson qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Bugungi bahsdan keyin «Siti» dastlabki 10 haftada «Yunayted», «Chelsi», «Liverpul», «Lester» va «Brayton»ga qarshi dahshatli o‘yinlarda 13 ochko to‘plashga muyassar bo‘ldi.

Uchrashuvdan keyin «shaharliklar» bosh murabbiy o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

"Futbolchilarimdan katta mehnat va fidoiylik uchun faxrlanaman. Fakt shuki, ular boshidan oxirigacha juda yaxshi o‘ynashdi. "Old Trafford"da jimlik o‘rnatishnining eng yaxshi yo‘li - bu to‘pga egalik qilish. To‘pni nazorat qilishni uddaladik. Ikkinchi bo‘limning dastlabki 10 daqiqasida to‘pni yo‘qotib qo‘yganimizni hisobga olmasak, juda yaxshi o‘yin o‘tkazdik".

"Muxlislarimiz uchun "Manchester Siti" eng yaxshi klub hisoblanadi. «Yunayted» ishqibozlari uchun esa «qizillar». Ammo, shuni ayta olamizki, oxirgi yillarda juda yaxshi ishlarni amalga oshirdik va ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdik. Bu meni farxlantiradi".

Pepdan o‘yin davomida uch markaziy himoyachi bilan harakat qilish MYUning rejalariga halaqit berdi va tushunmovchiliklarga sabab bo‘ldimi?, deya savol berishdi. Ispaniyalik quyidagicha javob qaytardi.

"Oqilona bo‘lishimga ijozat bering. Hech qachon raqibning nima qilganini tahlil qila olmayman yoki baho bera olmayman. O‘tgan mavsumlarda ular bizni mag‘lub etishganida o‘yinlar juda ham o‘xshash bo‘lgandi. Ular orqada kutishdi va qarshi hujumda biznni ushlashdi - ular o‘yinni nazorat qilishmagandi. Ular kutishdi, chunki balki hurmat qilishar va bu biz uchun eng zo‘r maqtov. Ammo, yaxshi harakat qildik. Rodri, Gyundogan va Bernardu ajoyib o‘ynashdi va ko‘proq to‘pni istadik.

Bu o‘tishlarni nazorat qilishning birgina yo‘li. Bilaman, Krishtianu kabi katta iste’dodlar o‘yinda qiynalishdi, to‘pga ega bo‘lishmadi. Biz shuni istagandik".

«Shaharliklar» ustozi «Liverpul»ni APL chempionligi uchun eng katta xavf deb atadi.

«Liverpul» boshqa uslubda hujumga o‘tadi. «Liverpul» va Yurgenga hurmatim baland va bu haqda ortiqcha gapirishning hojati yo‘q. Ular bizning eng katta raqibimiz. Unga ushbu jamoani shakllantirish uchun bir necha muddat kerak bo‘ldi va u 6 yildan beri ushbu jamoasi bilan birgalikda. Murabbiy sifatida boshqacha falsafalarga egamiz, ammo «Liverpul» va «Siti» oxirgi bir necha yillar ichida APLni nazorat qildi, chunki biz uyda yoki safarda bo‘lamizmi, farqi yo‘q. U yerga boramiz va o‘z o‘yinimizni ko‘rsatamiz".

Manba: mancity.com
Kiritildi: 10:37, 07.11.2021.
O'qildi: 3650 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.