"Yuventus" va "Nyukasl" o‘rtasidagi Adriyen Rabyo bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralar tafsiloti ma’lum bo‘ldi.
"Daily Mail" nashri xabariga ko‘ra, Italiya klubi 26 yoshli futbolchini 15 million yevroga sotishga tayyor. “Keksa sinyora” jamoadagi maosh miqdorini qisqartirish maqsadida fransuzni yanvardayoq qo‘yib yuborishi mumkin.
Joriy mavsumda Rabyo “Yuventus” safida 1 ta o‘yin o‘tkazib, 1 golli uzatmani amalga oshirdi.