Fransiyaning «PSJ» klubi rahbari Nosir Al-Xelayfi poytaxt klubi tibbiy xodimlaridan norozi. Nosir Serxio Ramosning tuzalishi nega bunchalik uzoq davom etishini va nega shifokorlar unga hech narsa bilan yordam bera olmayotganini tushunmayapti.
Xabaringiz bor, Serxio hali parijliklar safida o‘ynashni boshlamagan. Shifokorlarning aytishicha, Ramos bilan uzoq vaqtdan beri hammasi joyida, ammo futbolchining o‘zi biroz noqulaylikni boshdan kechirishda davom etmoqda.
Manbaga ko‘ra, Nosir Ramosning reabilitasiyasini shaxsan kuzatishni boshlagan va hatto jahon va Yevropa chempioniga kerakli holatni tezda topishga va yaralardan xalos bo‘lishga yordam beradigan chetdan mutaxassislarni yo‘llagan.