Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ham Yevro, ham YECHLda g‘olib chiqqan Jorjinyo haqida

Ham Yevro, ham YECHLda g‘olib chiqqan Jorjinyo haqida

Baho:
+ | -

Quyida e’tiboringizga havola etiladigan voqea «Chelsi» yarim himoyachisi Jorjinyoning hayotidan bir parcha. Millionlar o‘yinida o‘z o‘rnini topishni istayotgan yoshlar ushbu futbolchi misolida ham professional futbolchi bo‘lishning mashaqqati haqida tasavvurga ega bo‘lishlari mumkin.

- Bilasizmi, besh yoshligimda otam ulg‘ayganimda kim bo‘lishni xohlayotganim haqida so‘radi, - deydi Jorjinyo. - Men esa «Futbolchi», dedim. Shunda otam tushuntira boshladi:

- Axir futbolchi bo‘lish shunchaki, televizorda ko‘ringanidek narsa emas. Raqiblar seni xafa qiladilar, senga tegishli narsalarni o‘g‘irlashadi, seni yig‘latadilar. Shunda hammasidan to‘yib, uyga - yaqinlaring yoniga qaytishni xohlaysan, boshqa chiday olmasligingni, taslim bo‘lganing­ni tushunasan. Xo‘sh, endi ulg‘ayganingda kim bo‘lishni xohlaysan?.

- «Futbolchi».

Men niyatimga yetishish uchun hamma narsaga tayyor edim. Ammo farrosh ayol ishdan ketganidan bir necha hafta o‘tgach, onam lagerga meni ko‘rgani keldi. U hojatxonaga kirdi. Keyin qaytib chiqdi-da: «Buyumlaringni yig‘ishtir, uyga ketamiz», - dedi.

- Ona, bormayman, - dedim.

- Bilaman, bu sening orzuing. Ammo o‘g‘lim bunday yashamaydi.

Volidamga tushuntirdim, agar meni uyga majburlab olib ketsa va futbolchi bo‘lolmasam, butun umr uni ayblashimni ta’kidladim.

- Yo‘q, to‘xta... iltimos, bunday dema, - dedi onam shoshib. Keyin esa yig‘lay boshladi.

- Bu mening imkoniyatim. Qanday azoblarga giriftor bo‘layotganimga ahamiyat bermayman. 10 kun davomida bir xil ovqat yeyishim mumkin. Iflos hojatxonadan foydalansam ham mayli. Bu hech narsa emas! - dedim.

Onam shunchaki, o‘ychan holda menga tikilib qoldi. Men esa ahdim qat’iyligini uqtirishdan to‘xtamadim.

- Jiddiy aytyapman, - dedim.

Onam ko‘zi yosh bilan ortiga qaytdi.

Bu hayotimdagi eng og‘ir damlardan biri edi. Bu onaizor uchun nimani anglatishini tushunishingiz kerak. Volidam futbolga qiziqmaydiganlar toifasidan emas. Yo‘q, do‘stim. U menga butun iqtidorimni bergan. Bilaman, bu gaplarimdan otamning jahli chiqadi, lekin u ham yaxshi tushunadiki, bu - haqiqat!

Otam ham futbolchilar oilasidan, hozirgacha o‘ynaydi. Besh yoshimda u uyimiz yonidagi sohilda men bilan to‘p o‘ynardi. Biz shunchaki zavqlanardik va agar xato qilsam, «Oyog‘ingni bu yerga qo‘yma. Buni shunday bajar», deb o‘rgatardi...

P.S.: Ha, professional futbolga kirish oson emas, bu yo‘lda uchraydigan mashaqqatni yengish har kimga ham nasib etavermaydi. Qahramonimiz hayotida uchragan yuqoridagi voqeadan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, o‘z vaqtida muammolarni mardonavor yengib o‘tish kelgusida ulkan yutuqlarga debocha bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda Italiya termasi va «Chelsi» klubida ko‘plab yutuqlarga erishayotgan Jorjinyo yoshlik damlaridagi sabr-matonati evaziga o‘z hadyasini olmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Manba: @futbol_aslida
Kiritildi: 09:15, 14.11.2021.
O'qildi: 2134 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.