Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Janubiy Amerikadagi "engilmaslar"

Janubiy Amerikadagi "engilmaslar"

Baho:
+ | -

Janubiy Amerikada ajoyib bir jamoa shakllandi. Bu terma avvallari ham o‘z nomi bilan har qanday raqibni cho‘chita olardi. Biroq so‘nggi paytlarda ular biroz mavqeini yo‘qotdi. Lionellar boshchiligida bu jamoa yana o‘z darajasini qaytarib oldi. Faqat bu safar umuman boshqacha uslub va yondashuv bilan...

Qaysi Lionel ko‘proq jamoani yetaklamoqda?

Argentinani 2018 yili qabul qilib olgan Lionel Skaloni u qadar top murabbiylar sirasiga kirmasdi. Bungacha u "Deportivo" jamoasini boshqargan, biroq darajalar o‘rtasida farq bor. Bu xuddi 2-3 yil maktabda dars bergan o‘qituvchini katta bir oliy ta’lim dargohida o‘qituvchi qilib qo‘yganga o‘xshaydi. Xullas, Skaloni "dars berishni", aniqroq qilib aytganda, yulduzlarga to‘la jamoa boshqaruvini o‘z qo‘liga olishni eplay oldi. Avvaliga "Kopa Amerika" qurbon bo‘ldi, lekin galdagi natijalar havas qilsa arzigudek. Bu yili yosh mutaxassis boshchiligida Argentina Amerika Kubogida zafar quchdi. Bundan tashqari, jamoa Jahon Chempionati saralashida ajoyib o‘yinlar o‘tkazib, mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Albatta, bu g‘alabalarda terma sardori Messining o‘rni katta. Shunday bo‘lsada, murabbiy bu yulduzlarni bir bayroq va yagona maqsad ostida birlashtira oldi. Di Mariya ayni damda o‘zining oq-moviy libosdagi eng yaxshi yillaridan birini o‘tkazmoqda. Shuningdek, Martines, Paredes va ayniqsa darvozabon Emiliano Martinesni alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Bu jamoada baribir murabbiydan ham ko‘ra ko‘proq Messi og‘ir tosh bosadi. Bu inkor etib bo‘lmas haqiqat. Biroq Skalonining ham hissasi bu g‘alabalarda ulkan. Har holda, u boshchiligida "albisileste" uzoq yillardan beri kutilgan chempionlikka erishdi.

Argentina o‘yin uslubida nimalar o‘zgardi?

Men bilgan Argentina hujumkor, ijrochilarga boy, shu bilan birga, o‘z darvozasidan ham ko‘p gol o‘tkazib yuborar edi. Lekin ayni damda uslub ham, ijrochilar ham o‘zgargan. Garchi avvalgidek yulduzlar bo‘lmasada, Argentina natijalar e’tibori bilan qaraganda, 5-6 yil oldingisidan yaxshiroq, nazdimda. Hozir bu jamoa umuman hissiz. 90 daqiqa mobaynida zarurat bo‘lsa, gol o‘tkazmay, agressiv futbol evaziga natijaga erisha oladi. Oldinda esa ayrim yetakchilar kreativlik va individual mahorat evaziga hammasini hal qilmoqda. Xullas, amerikancha joziba ham, shuningdek, agressiya ham bu jamoa uslubida mavjud. Siz bir filmda ikki xil syujet ko‘rishingiz mumkin. Yakunda, baribir qahramonlarimiz uchun barchasi ijobiy yakunlanadi.

Bu jamoa Jahon Chempioni bo‘la oladimi?

Bundan yetti yil muqaddam Braziliyada bo‘lib o‘tgan mundialda "albisileste" Jahon chempionatida ajoyib qatnashgan edi. Biroq finalda ular "nemis mashinasi"ni to‘xtata olmagan. Esimda Leoning ko‘z yoshlari. O‘shanda hali yoshroq edi ancha. Hozir vaqt o‘tdi. Orada Rossiyadagi mundial ham bo‘lib o‘tdi. Bu safar ularning kuchi yetmadi. Leo uchun yana bir imkoniyat qo‘ldan chiqdi. Ayni damda Yevropa jamoalari yulduzlarga to‘la. Maydonni yondirayotganlarning 80 foizi Yevropada. Chindan ham, so‘nggi paytlarda o‘sha biz bilgan Messi, Neymar, Suares, Kavani, Kazemiro, Markinyos kabi nomlargina ko‘zga tashlanmoqda. Shunday bo‘lsada, Braziliya va Argentina baribir "ko‘hna qit’a" vakillariga yetarlicha qarshilik ko‘rsata oladi. Sababi, ayrim pallalarda yulduzlar ham yaxlit bir tizim ostida birlashgan jamoaga qarshi hech narsa qila olmaydi. Ayni damda Skaloni shogirdlari 26 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriya qayd etmoqda. Bilmadim, balki Yevropa jamoalaridan ularni to‘xtata oladiganlari topilar. Shunday bo‘lsada, Argentina Jahon chempioni bo‘lishga qodir. Hissiz, tartibli va eng muhimi oldindagi kuchli ijrochilar yaxshi o‘yin ko‘rsatishi bu jamoani chempionga aylantirishi mumkin. Yana oldinda xulosa chiqarishga vaqt yetarlicha. Balki, bu safar ham Leo boshchiligidagi Argentina amalda hech narsaga erisha olmas va Messi Jahon Chempioni bo‘lmagan afsona sifatida tarixda qolar. Biroq bu uning qadr-qimmati va buyukligiga aytarlik darajada ta’sir etmaydi. Lekin har eslanganda, bu holat ko‘ngilni g‘ash qiladi. Hozir Leoda va uning jamoasida chempion bo‘lish imkoniyati mavjud. Buyuklikka zarracha ta’sir etmaydigan, biroq orzularni ro‘yobga chiqarishi mumkin bo‘lgan Mundialda Leo va uning jamoasi borini beradi. Aytgancha, zamonamizning yana bir yulduzi Ronaldu ham Messi singari bu sovrinni boshi uzra baland ko‘tarmagan. Yana o‘sha konfliktlar. Mana sizga intriga...

 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:36, 15.11.2021.
O'qildi: 6619 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.