Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio 1-1 Parma
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

Ravshan Ermatov futbol maydonlarini bosqichma bosqich yaxshilash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Ravshan Ermatov futbol maydonlarini bosqichma bosqich yaxshilash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, professional futbol klublariga ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini monitoring qilish, klublarning infratuzilma va akademiyani rivojlantirish, shuningdek, maydonlarni xalqaro standartlarga moslashtirish va ularni sifatli saqlashga yo‘naltirishini ta’minlash maqsadida professional futbol klublarining yillik xarajatlar smetasi O‘FA bilan kelishilgan holda tasdiqlanishi belgilandi.

Yillik xarajatlar smetasi asosida moliyaviy mablag‘larni ajratilishida, xususan, stadion va maydon parvarishiga ustuvor maqsad bo‘ladi.

Bugun O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov maydoni namunali tashkil etilgan klublarning infratuzilma bo‘yicha vakillari va sohaning eng ilg‘or mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda futbol klublarining maydonlarini yaxshilash, mashg‘ulot maydonchalarini tashkil etish, bu borada maydon mutaxassislarini tayyorlash, stadionlar holatini tahlil qilish borasida fikr almashildi.

Ravshan Ermatov maydonlar bevosita futbolning sifatiga ta’sir qilishi, ularni o‘yinlarga tayyorlash va chimlarni doimiy nazorat ostida ushlash kerakligini aytdi. Buning uchun zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, chimlar vitaminizasiyasini yo‘lga qo‘yish, drenaj tizimini puxta tashkil etish ta’kidlandi. Mamlakatimiz iqlimini inobatga olgan holda maydonlarni tayyorlashga hozirdanoq kirishish va chimlarni bosqichma bosqich yaxshilash topshirig‘i berildi.

Yangi mavsumdan boshlab Superligada ishtirok etuvchi professional futbol klublari o‘z maydonlarini belgilangan standartlarga mos tayyorlashi zarur etib belgilab qo‘yilishi, talabga javob bermaydigan maydonlarda esa o‘yinlar o‘tkazilmasligi aytildi.

Bu borada maxsus ishchi guruh tashkil etilib, Respublikadagi barcha maydonlar holati o‘rganilishi belgilandi. Stadionlarni tahlil qilish orqali ularni sifatli holatga keltirishi bo‘yicha tizimli reja ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 22:22, 15.11.2021.
O'qildi: 1669 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик