Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ravshan Ermatov O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bilan uchrashdi

Ravshan Ermatov O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, 19-23 noyabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida CAFA U-15 turniri o‘tkaziladi. Mazkur musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Toshkentda yig‘in o‘tkazmoqda.

Bugun Chig‘atoy ba’zasida o‘tkazilgan nazariy mashg‘ulotiga O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov tashrif buyurdi.

Server Jeparov boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va imkoniyatlari xususida suhbatlashildi. Har kunlik tayyorgarlikka zamonaviy yondashish, yangi texnologiyalarni jalb etish, sport tibbiyoti, vitaminizasiya va tiklanish jarayoniga jiddiy e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur jamoa 2028 yilda Los-Anjelasda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga maqsadli va tizimli tayyorgarlik olib borishi, keyingi yilgi Osiyo chempionati saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, turnirning final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishi,shuningdek, 2023 yil o‘tkaziladigan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishi maqsad qilngan.

Ravshan Ermatov futbolchilar bilan suhbatda kelajakda milliy terma jamoa safida ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, sportimiz faxri bo‘lishiga tilak bildirdi. Bu yo‘lda ahillik, maydonda va undan tashqarida bir jamoa bo‘lish, terma jamoa safida “men” emas, balki “biz” degan so‘z ustuvor bo‘lishi zarurligini e’tirof etdi.

“Sizda kelajakda Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisiga aylanish imkoni bor. Ana shu orzuga yetishish uchun hozirdan o‘z oldingizga yuqori maqsad qo‘yishingiz kerak. Bunga iroda, sabr, intizom kabi xislatlarni namoyish etib, eng muhimi, tinmay mehnat qilgan holda erishish mumkin”, - deya ta’kidladi Ermatov.

Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz CAFA-15 turnirida ishtirok etish uchun ertaga Dushanbe shahriga jo‘nab ketishadi. Server Jeparov shogirdlarining dastlabki o‘yini 19 noyabr kuni Eronga qarshi o‘tkaziladi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 18:54, 16.11.2021.
O'qildi: 1653 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.