Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

“Neftchi” O‘zbekiston U-18 chempionatida g‘olib chiqdi

“Neftchi” O‘zbekiston U-18 chempionatida g‘olib chiqdi

Baho:
+1 | -

Joriy yilning 19 aprel kuni O‘zbekiston U-18 chempionatiga qur’a tashlangan edi. Aprelda start olgan musobaqa noyabrga qadar davom etdi va so‘nggi turga kelibgina U-18 chempionatida zafar quchgan jamoa nomi aniq bo‘ldi.

16 noyabr sanasida O‘zbekiston U-18 chempionatida so‘nggi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. 18 noyabrga belgilangan 17-turning qoldirilgan o‘yini “Qo‘qon-1912 U-18” – “Xorazm U-18” uchrashuvini inobatga olmaganda mavsumning qolgan barcha o‘yinlari o‘tkazib bo‘lindi.

So‘nggi turda AGMK U-18 mehmoni bo‘lgan “Neftchi U-18” 2:4 hisobida yakunlangan o‘yinda muhim g‘alabani tantana qildi va bu orqali farg‘onaliklar eng yaqin ta’qibchi “Paxtakor U-18”dan 2 ochkoga o‘zib ketgan holda 55 ochko bilan yakunda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. “Sherlar”ga kumush medallar nasib etgan bo‘lsa, 3-pog‘onani 51 ochko bilan “Navbahor U-18” band etdi.

Bu yil Superliga va Pro liga klublarining U-18 jamoalari ilk bora umumiy O‘zbekiston U-18 chempionatida ishtirok etishdi. Jami 24 ta klub g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Bunda har bir klub jami 23 tadan uchrashuvda maydonga tushishi hamda har bir raqib bilan chempionat yakuniga qadar faqatgina bir martadan to‘qnash kelishi ko‘zda tutilgan edi.

2020-yilgi mavsumda U-18 chempionati faqatgina Superliga klublari o‘rtasida tashkil etilgan bo‘lib, pandemiya sabab o‘yinlar soni 26 tadan 13 tagacha qisqartirilgan va markazlashgan formatda o‘tkazilgandi.

Aynan 2020 yilda Superliga va Pro liga tarbiyalanuvchilari o‘rtasida umumiy chempionat tashkil etish masalasi ko‘tarilgan bo‘lib, O‘zPFL 2021 yili ushbu tashabbusni amalga tatbiq qildi. Bu jihat Superliga hamda Pro liga o‘rtasidagi tafovutning yildan-yilga kamayib borishi, professional klublar qoshidagi akademiya bitiruvchilari o‘rtasidagi chempionat nufuzi va saviyasini yildan-yilga oshib borish maqsadida amalga oshirilmoqda. Kelasi 2022 yilda ham O‘zbekiston U-18 chempionati Superliga va Pro liga jamoalari ishtirokida umumiy tarzda tashkil qilinadi. 

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:47, 16.11.2021.
O'qildi: 2028 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик