Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Jahon chempionatiga tayyorgarlik rejalari ko‘rib chiqilmoqda

Jahon chempionatiga tayyorgarlik rejalari ko‘rib chiqilmoqda

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, joriy yilning 7-14 dekabr kunlari Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha ilk bor kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda mamlakatimizda ushbu musobaqaga katta hajmdagi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bugun ushbu mavzu yuzasidan muhokama uchun Xalqaro og‘ir atletika federasiyaning (IWF) musobaqalarni o‘tkazish bo‘yicha menejeri Mattias Lenzer, tashkilot biznes administratori Mariya Cheresniyes, IWF bo‘lim direktori Liliya Sagi MOQga tashrif buyurishdi.

Mehmonlarni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov qarshi oldi. Ularga O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov hamrohlik qildi.

Suhbat davomida Oybek Kasimov ushbu musobaqani o‘tkazishga mamlakatimizda katta tayyorgarlik olib borilayotgani, xususan, hukumatimizning qo‘llab-quvvatlayotgani haqida gapirib o‘tdi.

Poytaxtimiz shu paytgacha og‘ir atletika bo‘yicha ko‘plab musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazgan. Endi navbat kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga. Qatorasiga ikki Olimpiya o‘yinlarida atletlarimiz oltin medal va rekordlarni qo‘lga kiritayotgani mamlakatimiz yoshlari orasida ushbu sport turiga bo‘lgan qiziqishning yanada ortishiga sabab bo‘lmoqda. Prezidentimiz sport targ‘ibotini yanada kuchaytirish uchun mamlakatimizda yirik nufuzdagi xalqaro musobaqalarni o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edilar. Bo‘lajak jahon chempionati ushbu vazifaning amaliy ijrosi bo‘libgina qolmay, aholimiz orasida sport targ‘iboti yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ladi”, – dedi Oybek Kasimov.

Suhbat davomida dunyo birinchiligini yuqori saviyada o‘tkazish, uning translyasiyasi bilan bog‘liq masalalar qatorida musobaqadan so‘ng o‘tadigan xalqaro tashkilot Kongressiga tayyorgarlik haqidagi mavzular ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida mehmonlarga milliy urf-odatimizga ko‘ra esdalik sovg‘alari topshirildi

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 07:43, 18.11.2021.
O'qildi: 1782 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.