"Nyukasl"ning yangi bosh murabbiyi Eddi Xau Angliya Premyer-ligasining 12-turidan o‘rin olgan "Brentford"ga qarshi o‘yinda jamoani boshqara olmaydi.
"Sky Sports" nashri xabariga ko‘ra, u koronavirus bilan kasallangan.
Avvalroq, klub 43 yoshli mutaxassis bilan 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma tuzgani e’lon qilingan edi.