Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Superliga va Pro liga klublari kelasi yilgi smeta loyihasini O‘FA oldida himoya qilmoqda

Superliga va Pro liga klublari kelasi yilgi smeta loyihasini O‘FA oldida himoya qilmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Superliga hamda Pro ligada ishtirok etayotgan klublarga ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini monitoring qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-apreldagi “Futbol klublari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 261-sonli qaroriga muvofiq professional futbol klublarining yillik xarajatlar smetasi O‘FA bilan kelishilgan holda tasdiqlanishi belgilandi.

Barcha futbol klublari 2022-yilgi xarajatlar smetasi loyihasini hozirdanoq ishlab chiqmoqda va O‘FAga kelishish uchun taqdim etmoqda. Klublarning avvalo infratuzilma va akademiyani rivojlantirish masalasiga pul yo‘naltirishini ta’minlash uchun O‘FA va O‘zPFL vakillaridan tashkil etilgan maxsus komissiya klubning yillik xarajatlar smetasida birinchi navbatda stadion va maydon parvarishiga, akademiya hamda o‘quv-mashg‘ulot qarorgohini tashkil qilinishi, ayollar va futzal jamoalari, shuningdek turli yosh toifasidagi jamoalarning musobaqalardagi ishtiroki xarajatlari aks etgani bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bermoqda.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – aksariyat klublarda uzoq yillardan buyon yechim topmay kelayotgan infratuzilma bo‘yicha kamchiliklarni bosqichma-bosqich bartaraf etishdan iborat.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 10:08, 20.11.2021.
O'qildi: 895 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик