Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Baxtiyor Ashurmatov: "Bugungi durang chempionatdagi intrigani saqlab qoldi"

Baxtiyor Ashurmatov: "Bugungi durang chempionatdagi intrigani saqlab qoldi"

Baho:
+ | -

Superliganing 25 turi doirasidagi “Qo‘qon-1912” – AGMK uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

- Bugun ushbu mavsumda o‘z maydonimizdagi so‘nggi uchrashuvni o‘tkazdik. Mavsumdagi eng qiziqarli bahslardan biri bo‘ldi. Bugun biz ham raqiblarimiz ham g‘alaba qozonishi mumkin edi. Shu narsaga amin bo‘ldimki, qo‘qonlik ishqibozlar futbolni juda yaxshi ko‘rishadi, yaxshi tushunishadi. Bugun ular o‘z maydonimizdagi bahsda bizdan g‘alaba kutishgani ham bor gap. Lekin yigitlar oxirgacha kurashgani uchun, mag‘lubiyatga uchrayotganimizga qaramay, durang natija qayd etishgani uchun muxlislarimiz ularning olqishlashdi. Bu yil ayrim bahslarda muxlislarimizni xursand eta olmadik. Keyingi yili albatta yaxshi natjalar bilan ularni xursand qilamiz, degan umiddaman.


Bugungi bellashuvning birinchi 15 daqiqasini juda bo‘sh o‘tkazdik. Raqib bundan foylanib, hisobni ochdi. Keyinchalik esa shogirdlarim ko‘rsatmalarimni to‘liq bajarishdi. Mavsum biz uchun oson bo‘lgani yo‘q. Tarkibda yo‘qotishlarga duch keldik. Namanganda bahsda Oybek Rustamovdan foydalana olmaymiz. Uning kartochkalari soni to‘rtta yetdi. Shunday bo‘lsa-da, mavsumni yaxshi natija bilan yakunlashga harakat qilamiz.
Bugun har ikki jamoaga ham g‘alaba kerak edi. Shuning uchun so‘nggi daqiqalarga qadar kurash kechdi. Futbolchilar ham o‘z maydonimizdagi so‘nggi bahsda uch ochkoga ega bo‘lishni juda xohlashdi. Mavsum yaxshi kayfiyatda tugatish, keyingi yilgi mavsumni yaxshi kayfiyatda boshlash uchun zamin yaratar edi. Menimcha, hech haysi jamoa o‘z maydonidagi durang natijadan qoniqish hosil qilmasa kerak. Ammo meni xursand qilgani mag‘lubiyatdan chiqib keta oldik. Bugungi durang chempionatdagi intrigani saqlab qoldi. Endi kumush medal uchun keskin kurash kechsa kerak.

Manba: Qo'qon-1912 matbuot xizmati
Kiritildi: 18:09, 20.11.2021.
O'qildi: 1113 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.