«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Gari Nevill norvegiyalik Ole-Gunnar Sulsherning «qizil iblislar» bosh murabbiyligidan bo‘shatilganiga izoh berdi.
«Rahmat, Ole. Siz bizni g‘ururlantirdingiz. Oxirgi ikki oy og‘ir o‘tdi, ammo bungacha klubga ruhiyatini qaytardingiz», - deb yozdi Nevill tvitterda.
Eslatib o‘tamiz, Sulsher «Manchester Yunayted»da 2018 yildan beri ishlab kelayotgandi. Bu vaqt ichida klub birorta ham sovrin yutmagan.