Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«Metallurg» muhim g‘alabaga erishdi, «Turon» Superligani tark etdi (videosharh)

«Metallurg» muhim g‘alabaga erishdi, «Turon» Superligani tark etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Mamlakat milliy chempionatining so‘nggi turlariga kelib kuchlilar safida o‘z o‘rnini saqlab qolish ilinjidagi jamoalarning o‘yinlari muxlislar diqqat markazida turdi. Bekoboddagi “Metallurg” – “Turon” jamoalari uchrashuvi ham bundan mustasno bo‘lmadi. Mehmonlar faqat nazariy jihatdangina imkoniyatga ega bo‘lsa, “Metallurg”ning taqdiri o‘zining qo‘lida edi. Bekobodliklar g‘alaba qozonishgani taqdirda kamida pley-off uchrashuvini naqd qilib qo‘yardi.

O‘yin ham shunga yarasha qiyin, asabiy va kurashlarga boy bo‘ldi. Maydonning har bir qarichi, har bitta to‘p uchun murosasiz “jang” kechdi. Jang taqdirini esa Shahzodbek Nurmatov tomonidan kiritilgan yagona gol hal etdi. 22-daqiqada burchakdan to‘pni o‘yinga kiritish kombinasiyasi biroz cho‘zildi. Ammo yakunda u “Metallurg”ga omad keltirdi. Stanislav Andreevning takroriy uzatmasidan unumli foydalangan Shahzodbek Nurmatov to‘pni boshi bilan urib raqib darvozasiga joylab qo‘ydi.

Uchrashuvning birinchi taymida hududiy ustunlik maydon egalari tomonida bo‘lsa, ikkinchi taymda tashabbus mehmonlar tomoniga o‘tib ketdi. Shunday qiyin lahzalarda “Metallurg” himoyachilari, butun tarkib a’zolari iroda ko‘rsatdi. Ayniqsa, darvozabon Aleksandr Lobanovning g‘alabaga qo‘shgan ulushi beqiyos bo‘ldi.

Superligadagi mavqeini uzil kesil hal etib olish uchun “Metalurg” oxirgi turda safarda “Qizilqum” ustidan yutuqqa erishishi zarur. "Turon" esa Pro ligaga tushib ketdi.

Coca Cola Superliga. 25-tur
"METALLURG" – "TURON" – 1:0
Gol: Shahzodbek Nurmatov (22)
Ogohlantirishlar: Muhammad Isayev 42, Sunnatilla Abdullajonov 82, Vladislav Kasminin 82, Farruh Ibrohimov 83
“Metallurg”: 12.Aleksandr Lobanov, 8.Salamat Qutiboyev, 10.SHahzodbek Nurmatov ( 9.Mahmudjon Qudratillayev, 56), 15.Zohid Abdullayev, 21.Kamoliddin Tojiyev (6.Xudoyshukur Sattorov, 25), 22.SHahzodbek G‘ofurbekov, 28.Stanislav Andreev, 48.Dilshod Rahmatullayev (14.Abrorbek Toshqo‘ziyev, 56), 70.Muhammad Isayev, 80.Farruxjon Ibrohimov, 98.Damir Temirov (79.Bobir Davlatov, 82)
"Turon": 87. Akmal Ortiqov, 4. Asliddin Toshtemirov, 6. Sardor Abduraimov, 7. Sunnatilla Abdullajonov, 9. Humoyun Murtozayev, 17. Muzaffar Muzaffarov (23. Otabek Zokirov, 79), 18. Fozil Musayev (s), 19. Vladislav Kosminin, 43.Kim Boyong (14. Doniyor Ismoilov, 79), 55. Dayan Ponyevich, 77. Bilol Toshmirzayev.
Hakamlar: Ahrol Risqullayev, Ruslan Samandarov, Obid Jumayev, Nayim Qosimov
Nazoratchi: Rashid Aytekov
VAR hakami: Asker Najafaliyev
VAR assistent: Rustam Lutfullin
VAR nazoratchisi: Vladislav Seytlin
Komissar: Sherzod Rajabov.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 19:39, 21.11.2021.
O'qildi: 2076 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.