Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

"Vest Xem" gvineyalik hujumchi uchun 15 million funt to‘lashga rozi

"Vest Xem" gvineyalik hujumchi uchun 15 million funt to‘lashga rozi

Baho:
+ | -

"Vest Xem" Fransiya chempionatidan hujumchi xarid qilishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, "bolg‘achilar" qishda "Klermon" futbolchisi Muhammad Bayo uchun taklif bilan chiqadi.

Muhammad bu mavsumda ajoyib start namoyish etdi. Gvineyalik hujumchi hisobida 12ta turdan keyin 7ta gol hamda 2ta assist mavjud.

U bu ko‘rsatkich borasida "PSJ" yulduzi Mbappedan oldinda hisoblanadi. "Vest Xem" o‘tgan yili ham Bayoni sotib olishga harakat qilgan. O‘shanda londonliklar hujumchi uchun 7 million funt taklif qilgandi.

Bu gal esa 23 yoshli strayker uchun 15 million sarflanishi kutilmoqda. Avvalroq Devid Moyes "Liverpul" hujumchisi Origi variantini korib chiqayotgani haqida xabar qilingan edi.

Manba: teamtalk.com
Kiritildi: 11:00, 22.11.2021.
O'qildi: 1287 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик