"Barselona" hujumchisi Martin Breytveyt tizzasidan olgan jarohatidan forig‘ bo‘lib, Xavining unga ishonishiga ishonmoqda.
"Tez orada tuzalib ketaman. Qaytganimda, men muhim rol kasb etaman. Men Xavi bilan gaplashdim. U nima qilishni va nimani o‘zgartirishni xohlayotganini aniq tushunadi.
U qanday futbol o‘ynashni istayotganini biladi va bu hamma narsani aniq ko‘rsatib turibdi. Bu hayajonli bo‘ladi", dedi Martin.