Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zbekiston kubogi. «Paxtakor» 2 futbolchisi chetlatilganiga qaramay, penaltilar seriyasi orqali finalga chiqdi

O‘zbekiston kubogi. «Paxtakor» 2 futbolchisi chetlatilganiga qaramay, penaltilar seriyasi orqali finalga chiqdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogida yarim final bahslaridan o‘rin olgan ikkinchi uchrashuv yakuniga yetdi.

Ushbu bosqichning navbatdagi o‘yini Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda poytaxtning ikki "Paxtakor" va "Bunyodkor" jamoalari final yo‘llanmasi uchun kurash olib borishdi.

Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha daqiqalarida hisob ochilmadi. E’tiborlisi, "Paxtakor"ning ikki nafar futbolchisi bahs davomida maydondan chetlatilgan bo‘lsa ham, ular o‘yinni 11 metrlik jarima zarbalarigacha olib bora olishdi. Yakuniy penaltilar seriyasida esa "sherlar" "qaldirg‘ochlar" ustidan 5:4 hisobida ustun keldi. Ularning finaldagi raqibi Qarshining "Nasaf" klubi bo‘ladi.

O‘zbekiston kubogi, yarim final

"Paxtakor" – "Bunyodkor" – 1:1

Gollar: 29 – Xurshid G‘iyosov (0:1), 41 – Hojimat Erkinov (1:1)

Paxtakor – Quvvatov, Alijonov, Ismoilov, Hamrobekov, Temirov, Cheran, Hamdamov, Erkinov, A’zamov, Sobirxo‘jayev, Sayfiyev.

Bunyodkor – Karimov, O‘lmasaliyev, G‘iyosov, To‘rayev, Mirahmadov, Abdurahmonov, To‘xtasinov, Abdullayev, Qahramonov.

Chetlatishlar: 20 - Cheran, 120+1 - A’zamov (ikkisi "Paxtakor")

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:00, 24.11.2021.
O'qildi: 3542 marta.
Fikrlar: 34 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик