Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Validol iching: “Arsenal”ni sharmanda qilgan eng yirik mag‘lubiyatlar

Validol iching: “Arsenal”ni sharmanda qilgan eng yirik mag‘lubiyatlar

Baho:
+ | -

Angliyaning eng nomdor klublaridan biri Londonning “Arsenal” jamoasi hozir qiyin kunlarni boshidan kechirmoqda. Jamoada avlodlar almashuvi davom etmoqda. Mikel Arteta bosh murabbiylik kursisida qolish uchun bor kuchi bilan harakat qilayotganbir paytda, “Stadion.uz” nashri e’tiboringizga “kanonirlar” tarixidagi TOP-5 yirik hisobdagi mag‘lubiyatlarini taqdim etadi.  

 

“Manchester Siti” – “Arsenal”, 5:0, 28.08.2021

 

“Arsenal”ning eng yirik mag‘lubiyatlaridan biri joriy mavsum boshida yuz berdi. Angliya Premyer ligasining 3-turida London klubi “Man Siti”dan qaqshatqich zarba qabul qildi. O‘shanda Arteta boshchiligidagi “kanonirlar” qiyin kunlarni boshdan kechirayotgan edi. Klub ketma-ket ikkita mag‘lubiyat qabul qilgan va Gvardiola jamoasi tomonidan tor-mor etilishi, “to‘pchilar”ning bir qancha antirekordlarni qayd etishga sabab bo‘lgan. Ushbu uchrashuvda Ferran Torres ikkita gol urgan bo‘lsa, Gyundogan, Jezus va Rodri o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ygan.

 

4. “Everton” – “Arsenal”, 6:1, 09.11.1985

“Arsenal” tarixda ilk bor “Everton”dan 6 ta gol o‘tkazib yubordi. Bu 1985 yil noyabr oyida afsonaviy “Gudison Park” stadionida sodir bo‘ldi. Agar siz tarixga qarasangiz, ma’lum bir tarzda mag‘lubiyat tabiiy edi. Sababi, o‘sha yili “Everton” Angliya chempioni bo‘lgan va 1985/86 mavsumida esa ikkinchi o‘rinni egallagan. “Arsenal” esa yettinchi o‘rinni egallagan. 2009 yilning avgustida xuddi shu hisobda, o‘sha yerda, ya’ni “Gudison Park”da “Arsenal” qasos oldi. Shuningdek, bir necha yil oldin o‘z uyida 7:0 hisobida g‘alaba qozondi.

 

3. “Manchester Yunayted” – “Arsenal”, 6:1, 25.02.2001

Keyingi shov-shuvli mag‘lubiyat Arsen Venger davriga to‘g‘ri keldi. 2000/01 yilgi mavsumda fransiyalik murabbiy shogirdlari “Manchester Yunayted”ga qarshi maydonga tushadi. “Qizil iblislar”ning uy arenasi hisoblangan “Old Trafford” “kanonirlar” uchun haqiqiy do‘zaxga aylandi. Ushbu bahsda “Manchester Yunayted” Angliya chempionligini muvaffaqiyatli himoya qildi. Ular o‘sha mavsumda “Arsenal”ni 10 ochko ortda qoldirgan holda birinchi o‘rinni egalladi. Qisman, Venger shogirdlari 2001 yil oxirida “Manchester Yunayted” ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozonib, Liga kubogidan chiqarib  yuborgan holda, birozgini alamini oldi. Ammo, o‘sha mag‘lubiyat hech qachon yodidan chiqmasa kerak.

 

2. “Chelsi” – “Arsenal”, 6:0, 22.03.2014

“Arsenal”ning muvaffaqiyatsizliklar reytingida ikkinchi o‘rinda 2014 yil mart oyida “Chelsi”dan qabul qilingan mag‘lubiyatjoy oldi. “Kanonirlar” uchun bu mag‘lubiyat juda ham alamli hisoblanadi, chunki “Chelsi” London shahrining asosiy raqibi hisoblanadi. O‘shanda “Arsenal” darvozasiga kimlar gol urganiga qarang – Et’O, Shyurrle, Oskar (ikki marta), Saloh, Azar. Darhaqiqat, “Arsenal” ustidan qozonilgan g‘alaba evaziga “Chelsi” 2013/14 yilgi mavsum yakunida “kanonirlar”ni ortda qoldirib, 3-o‘rinni egalladi. “To‘pchilar” esa o‘zining “sevimli” to‘rtinchi o‘rnini egalladi.

 

1. “Manchester Yunayted” – “Arsenal”, 8:2, 28.08.2011

London klubi tarixidagi eng alamli mag‘lubiyat 2011 yilning 28 avgustida Premyer-liganing 3-turi doirasida sodir bo‘lgandi. “Manchester Yunayted” “Old Trafford”da, 75 448 tomoshabin qarshisida “Arsenal”ni 8:2 hisobida mag‘lub etdi. Mankunianliklar safida Runi 3 marta o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, Yang ikki marta marta gol urdi, Nani, Uelbek va Parklar esa bir martadan raqib kiperini xafa qilishga erishgan. “Kanonirlar”ning gollariga esa Uolkott va Van Persi mualliflik qilishdi. O‘sha mavsumda “Arsenal” uchinchi, “Manchester Yunayted” ikkinchi o‘rinni egalladi, faqat so‘nggi turda “Manchester Siti”ga chempionlikni boy berdi. O‘shandan beri 10 yil ichida “Arsenal” “Manchester Yunayted”ni 6 marta mag‘lub etdi.

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:50, 24.11.2021.
O'qildi: 8317 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик