Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ralf Rangnik kim?

Ralf Rangnik kim?

Baho:
+ | -

Tasavvur qiling, mahallangizda futbol jamoasi bor. U hududiy chempionatda ishtirok etadi. Mamlakatning birinchi raqamli chempionatiga chiqish uchun ancha uzoq masofani bosib o‘tish kerak. Taxminan 4 ta liga bor u yergacha. Yaxshi homiy bor-u, bir necha yillardan beri munosib g‘oyaga ega va qat’iyatli boshqaruvchi yo‘q.

2012 yil "RB Leypsig" shunday vaziyatda edi. Katta va mashhur konsern sohibi bo‘lgan Ditmar Mateshis jamoasiga inqilobiy g‘oyalarni singdira oladigan, xarajatlarni doimo daromadlarga mutanosib ushlab, hatto tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli ishlay biladigan kadrga muhtoj edi. 2009 yilda "Xoffenhaym"ni Bundesligaga olib chiqib, "kuzgi chempion"ga aylantirgan Ralf Rangnik varianti bu o‘ringa juda munosibdek ko‘rinardi.

2012 yil "Leypsig"da sport direktori sifatida ish boshlagan Ralf ishonchni oqladi. U asosiy ligaga qadar bo‘lgan barcha ligalarda muvaffaqiyatga erishdi. 2016 yilda Bundesliga vakiliga aylangan klub shu zahoti kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Bu vaqtga kelib Rangnik jamoada bosh murabbiy vazifasini ham bajarardi. Demak, Ralf 4-5 yil ichida mahalliy jamoani CHL ishtirokchisiga aylantirdi.

Uning laqablaridan biri — "gegenpressing otasi". Bu to‘pni yo‘qotish zahoti raqibning to‘p bilan bo‘lib turgan futbolchisiga nisbatan agressiv bosim, pressing uyushtirish va eng oldindagi hujumchidan tortib, butun tarkibning pressingda aniq-tiniq vazifaga ega bo‘lishidir. Rangnikning falsafasida ba’zan to‘p olib qo‘yilgach 10 soniya o‘tib raqib darvozasi ishg‘ol qilinadi yoki xavfli vaziyat yuzaga keltiriladi. Eng yorqin namuna bugungi "Liverpul". Yurgen Klopp o‘tgan yili Rangnikni Germaniyaning eng yaxshi murabbiyi deb atagan.

Tomas Tuxel esa o‘zining murabbiy sifatidagi ilk ishini aynan Rangnikdan qabul qilib olgan. 1998 yil u o‘zi ishlayotgan jamoaning U-18 tarkibiga Tuxelni bosh murabbiy etib tayinlaydi va keyinchalik "Shtutgart"ga ham olib ketadi. Xullas, Yevropaning amaldagi eng kuchli klubi bosh murabbiyi ham Rangnikdan ta’sirlangan shaxslar qatorida.

Bundan tashqari, "Leypsig"ni keyinroq yuksaltirgan va CHL yarim finaliga olib chiqqan Yulian Nagelsman ham Ralfning faoliyatidan ilhomlangan. U bugun "Bavariya"ni boshqarayotganini bilasiz.

Bir so‘z bilan aytganda, Ralf Rangnik dunyo futbolida so‘z sohiblaridan biri hisoblanadi. Maydonda va uning tashqarisida o‘zing aniq g‘oyalariga ega mutaxassis.

Stefano Piolidan avval u "Milan"da ish boshlashi haqida xabarlar chiqqandi. Milanliklar rahbariyatida uni klubga olib kelmoqchi bo‘lganlar bor edi. Ammo bu ish amalga oshmay qolgach, germaniyalik Moskvadan kelgan taklifni qabul qilgandi. "Lokomotiv"da u strategik rejalar uchun uchun mas’ul edi.

"Manchester Yunayted" Ralf Rangnik shaxsida "bir o‘q bilan ikki quyonni urishi" kutilmoqda. U klubda butun tizim ustidan nazoratni istashi mumkin. Bu balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri Vudvordning mavqeiga ta’sir etar, balki bunday emasdir. Lekin eng kamida ta’sir etibori bilan Rangnik "MYU"ning avvalgi murabbiylaridan farq qilishi aniq.

Kuzatishda davom etamiz.

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 08:00, 26.11.2021.
O'qildi: 5196 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.