"Chelsi" ustozi Tomas Tuxel Ben Chilvell jarohati yuzasidan ma’lumot berdi. U shunday dedi:
"U tizzasidan jiddiy jarohat olgani ma’lum bo‘ldi. Bu jarohat futbolchini konservativ ravishda davolanishi kerakligini anglatadi. U kamida olti hafta safda bo‘lmaydi. Umid qilamizki, Ben olti hafta ichida yoki keyin jamoaga qaytadi. U zarur bo‘lsa, operasiya qilinishi ham mumkin".
"Chelsi"ning "MYU"ga qarshi bahsida Chilvellning o‘rnini Aspilikueta va Markos Alonsolar to‘ldirishadi.