Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/05 00:00 Sevilya 1-2 Barselona
27/05 19:00 Lokomotiv 1-1 Surxon

Osiyo Futbol Konfederasiyasining 31-kongressi bo‘lib o‘tdi

Osiyo Futbol Konfederasiyasining 31-kongressi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun OFKning 31-kongressi onlayn tarzda tashkil etildi. Unda FIFA prezidenti Janni Infantino, OFK rahbari Shayx Salmon bin Ibrohim al Halifa, shuningdek, a’zo mamlakatlar vakillari qatorida O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov ishtirok etdi. Dastlab, Janni Infantino FIFA tomonidan ilgari surilayotgan Jahon chempionatlarining har ikki yilda o‘tkazish g‘oyasi afzalliklari va imkoniyatlari haqida to‘xtaldi. Shuningdek, Mundial ishtirokchilari soni oshishi ham yaxshi ko‘rsatkichlarga olib kelishini ta’kidladi.

Shayx Salmon OFK a’zolariga tashkilotning keyingi yilgi rejalarini tanishtirdi. Osiyo konfederasiyasi tomonidan futbolni rivojlantirishga qaratilgan mablag‘lari oshirilishi haqida ma’lumot berdi. OFK shiori ostidagi barcha turnirlarni yuqori saviyada tashkil etish asosiy vazifa etib belgilandi. Muhim jihatlaridan biri, 2022 yilda COVID-19 virusining Osiyo futboliga salbiy ta’sirini kamaytirish, uning tarqalishini oldini olish, tibbiy tahlil va davolash tizimini yanada mukammallashtirishdan iborat ekanligi aytildi.

Kongressda tashkilotlarning moliyaviy hisoboti, qo‘mitalarning qilingan ishlar bo‘yicha hisobotlari eshittirildi va qabul qilindi. Adliya qo‘mitasi tomonidan OFK ustaviga bir qancha o‘zgartirish kiritilgani borasidagi ma’lumot ham kun tartibidan joy oldi va bu o‘zgarishlar milliy assosiasiyalar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi. Konfederasiyada yangi auditorlik faoliyati tasdiqlandi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 16:49, 27.11.2021.
O'qildi: 2986 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.