Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Levandovski "Oltin to‘p" taqdirlash marosimi haqida fikr bildirdi

Levandovski "Oltin to‘p" taqdirlash marosimi haqida fikr bildirdi

Baho:
+2 | -

Kecha Fransiya poytaxti Parij shahrida "Oltin to‘p-2021" taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Lionel Messi o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski argentinalik yulduzni ushbu g‘alaba bilan tabrikladi.

"Men Lionel Messini "Oltin To‘p" yutgani bilan tabriklamoqchiman.

Shuningdek, menga ovoz bergan va 2021-yildagi muvaffaqiyatlarimni muhim deb hisoblagan har bir jurnalistga minnatdorchilik bildiraman. Men "Yilning eng yaxshi hujumchisi" mukofotini qo‘lga kiritdim va hech qaysi o‘yinchi bu kabi individual sovrinni kuchli jamoa va sadoqatli muxlislarsiz qo‘lga kirita olmaydi. Men joriy klubim "Bavariya"ga ham muvaffaqiyat qozonishimda va orzularimni ro‘yobga chiqarishda bergan yordami uchun tashakkur izhor etaman. "Bavariya" safidagi, Polsha terma jamoasidagi sheriklarimga, shuningdek, har kuni meni qo‘llab-quvvatlab turgan muhlislarimga ham rahmat aytib qolaman. Men uchun ularning borligi ko‘p narsani anglatadi.

Eng muhimi esa oilamga katta tashakkur izhor etmoqchiman!!! Rahmat ona, rahmat Anna. Sizlar hayotimdagi eng sevimli insonlarimsiz. Mening eng yaxshi do‘stim, suyukli opam Milenaga, do‘stlarim va yutuqlarim asoschisi bo‘lgan, doimiy qo‘llab turgan klubimga ham alohida tashakkurlar. Rahmat hammangizga!!! ", - deb xabar qoldirdi polyak Instagram sahifasida.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:09, 30.11.2021.
O'qildi: 17235 marta.
Fikrlar: 77 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик