Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Odil Abdurahmonov: «O‘zbekistonda tajribam oshyapti»

Odil Abdurahmonov: «O‘zbekistonda tajribam oshyapti»

Baho:
+ | -

Coca-Cola Superliga so‘nggi turlarida «Bunyodkor» ketma-ket g‘alabalarga erishib, turnir jadvalidagi mavqeini yaxshilab oldi. Mazkur uchrashuvlarda mezbonlar safida to‘p surgan qirg‘izistonlik Odil Abdurahmonov maydonda faol harakatlari bilan jamoasi g‘alabasiga hissa qo‘shdi. Shuningdek, u Qirg‘iziston termasi tarkibida Bahraynga qarshi kechgan bahsda gol muallifiga aylandi. Yaqinda ushbu futbolchi bilan suhbat uyushtirib, turli mavzular bo‘yicha savollarimizga javob oldik.

- «Bunyodkor» so‘nggi turlarda muhim g‘alabalarni qo‘lga kiritdi. Ushbu o‘yinlardan keyingi taassurotlar qanday?

- To‘g‘risi, mazkur uchrashuvlarda g‘alaba qozonmasak bo‘lmasdi. Mashg‘ulotlarda raqibga qarshi puxta tayyorgarlik ko‘rdik. O‘yin davomida bizda ham, raqib jamoalarda ham ko‘plab golli vaziyatlar bo‘ldi. Omad esa «Bunyodkor» tomonida bo‘ldi. Oxirgi daqiqalarda o‘zimiz uchun muhim bo‘lgan g‘alabani qo‘lga kiritdik va ochkolarimiz sonini ko‘paytirib oldik.

- Cuperligada mavsum tobora yakunlanib bormoqda. Ayting-chi, «Bunyodkor»da o‘tkazgan mavsumingiz sizda qanday taassurot qoldirdi?

- 2021 yilda O‘zbekistonda o‘tkazgan faoliyatimdan qoniqish hosil qildim, deb bemalol ayta olaman. Chunki mamlakatingizda to‘p surish orqali oldinga qadam tashladim. Tajriba oshirdim. «Bunyodkor»da futbolni tushunadigan va futbolchilarni qadrlaydigan insonlar yig‘ilgan. Ular orasida bo‘lganimdan xursandman. Biz mavsum avvalida oldimizga katta maqsadlar qo‘ygandik. Ba’zida kutilmagan natijalarimiz tufayli keragidan ortiq ochkolarni boy berdik. Shunga qaramay, kubokda munosib ishtirok etgan holda, xalqaro maydonga yo‘llanma olishimiz mumkin.

- Futbolga kirib kelishingiz qay tariqa ro‘y bergan? O‘zingiz haqingizda ko‘proq ma’lumot bersangiz.

- Futbolchilik faoliyatimni Qizilqiya shahrida boshlaganman. Shu shaharning futbol maktabida tahsil olganman. Keyinchalik «Abdish-Ata» klubi tizimiga o‘tdim. Professional futbolchi sifatida «Aldiyer» klubida to‘p surganman. U yerdagi o‘yinlarimni kuzatib borgan «Oloy» meni o‘z tarkibiga qo‘shib olgan. O‘sh shahri jamoasida besh mavsum faoliyatimni davom ettirdim. Shundan keyin «Bunyodkor»dan tushgan taklif asosida O‘zbekistonga keldim.

- «Bunyodkor»ga kelishingiz qanday sodir bo‘ldi?

- Bilishimcha, klub murabbiylar shtabi OFK kubogi va ichki chempionatdagi ishtirokimni kuzatib borgan. Shundan so‘ng meni jamoa o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga taklif qilgan. O‘zbekistonga kelib, «qaldirg‘ochlar» ko‘rigida bo‘ldim va harakatlarim murabbiylarga ma’qul kelgan ko‘rinadi, menga shartnoma taklif qilishdi.

- O‘zbekiston Superligasi saviyasi borasida nimalarni ayta olasiz?

- Shunisi aniqki, O‘zbekiston Superligasi Osiyoda eng kuchli chempionatlardan biri hisoblanadi. Bu yerga kelib, amin bo‘ldimki, yurtingizda ham to‘p surish oson emas. O‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Bu yerda o‘zim uchun katta tajriba to‘plamoqdaman.

- Endi «Bunyodkor» bilan tuzgan shartnomangiz xususida ma’lumot bersangiz...

- Hozircha bu haqda o‘ylab ko‘rganim yo‘q. Lekin «Bunyodkor» bilan 1}1 ko‘rinishida shartnoma imzolaganman. Mavsum yakuniga yetganidan so‘ng rahbariyat bilan kelajagim xususida gaplashaman. Balki keyingi yil ham faoliyatimni «Bunyodkor»da davom ettirarman.

- Sizningcha, Qirg‘iziston terma jamoasida qaysi futbolchi «Bunyodkor»da to‘p surib keta oladi, deb o‘ylaysiz?

- To‘g‘risi, bu savolingizga aniq javob berolmayman. Kimnidir muayyan ko‘rsatishim qiyin. Zero, «Bunyodkor»da o‘ynab ketish uchun futbolchining o‘ziga ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi.

IZZATBEK suhbatlashdi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 22:30, 30.11.2021.
O'qildi: 2053 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.