«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh «Oltin to‘p» uchun ovoz berishda 7-o‘rinni egallab, bunga munosabat bildirdi.
- Ovoz berish natijalarini qanday qabul qildingiz?
- Aytadigan gapim yo‘q. Umid qilamanki, keyingi yilni yuqoriroqda yakunlayman, - dedi misrlik.
Eslatib o‘tamiz, «Oltin to‘p»ni "PSJ" hujumchisi Lionel Messi qo‘lga kiritgan edi.