Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Mahmud Murodovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi nomi ma’lum bo‘ldi

Mahmud Murodovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi nomi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik yakkakurashchi Mahmud Murodov (25-7) UFC’dagi beshinchi jangini 2022 yilning 26 fevralida (Toshkent vaqti bilan 27 fevral) o‘tkazadi. Bu haqda sportchi o‘zining Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.

O‘zbekistonlik yakkakurashchi AQSHning Las-Vegas shahrida o‘tkaziladigan UFC musobaqasida kimga qarshi jang qilishi rasman ma’lum qilinmagan. Xabarlarga ko‘ra, Murodovga latviyalik Misha Sirkunov (15-7) raqib bo‘ladi.

Mazkur UFC oqshomining asosiy jangi yengil vazn toifasi vakillari Islom Maxachev (21-1) va Beneil Dariush (21-1-4) o‘rtasida kechadi.

Murodov oxirgi jangini 2021 yilning avgust oyida Jerald Mirshertga (33-14) qarshi o‘tkazib, UFC’dagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib olgandi.

Misha Sirkunov oxirgi ikki jangini 2021 yilda o‘tkazib, ularda Rayan Spenn va Kshishtof Yotkoga mag‘lub bo‘lgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:44, 02.12.2021.
O'qildi: 6970 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.