Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

“Uchlik”ning keyingi umri: APL grandlarini futbol bayramida nimalar kutib turibdi?

“Uchlik”ning keyingi umri: APL grandlarini futbol bayramida nimalar kutib turibdi?

Baho:
+ | -

 Xar yilning oxiri kelayotganda futbol muxlislarini yana bir bayram qarshi oladi. Yangi yil arafasida Angliya futboli “millionlar o‘yini” ishqibozlariga bir-biridan qiziq bahslarni taqdim etadi. Barcha chempionatlar ta’tilda payti Premyer-liga bizni zarracha ham zeriktirib qo‘ymaydi. “Boxing day”ning o‘z muxlislari bor, o‘z an’analari bor. O‘sha qutilar kunida ochko yo‘qotmagan jamoa yakunda Angliya chempioni bo‘ladi deyishadi. Balki rostdir. Lekin bu kunlardagi futbol doimgiga qaraganda nisbatan murosasizroq, nisbatan qiziqarliroq o‘tadi. Biz esa APL grandlarining “Boxing day”dan oldingi xolati va ularni oldinda qanday baxslar kutib turgani haqida so‘z yuritamiz.

“Chelsi”

Tuxel shogirdlari hozirda Premyer-ligada peshqadamlik qilmoqda. Ular hisobida 14 uchrashuvdan so‘ng 33 ochko bor. Hali “Boxing day” boshlanguncha jamoalar 2 uchrashuv o‘tkazishga ulgurishadi. O‘sha 2 o‘yinda “aristokratlar” raqiblari “Vest Xem” va “Lids” bo‘ladi. “Ko‘klar” o‘sha 2 turda ochko yo‘qotmaslik uchun qolidan kelgancha harakat qilishsa kerak. Oxirgi turda londonliklar “Uotford” ustidan ishonchli g‘alabaga erishib, sensatsiya kuzatilmasligini ta’minlagan edi. 15 dekabrdan boshlab APLda tig‘iz o‘yinlar boshlanadi. 17 tur aynan shu kundan start oladi. “Aristokratlar” 17 dekabr kuni “Everton”ni o‘z uyida qabul qilishadi. Oradan 2 kun o‘tib londonliklar “Vulverxempton” mehmoni bo‘lishadi. Bu kunlar rasman “Boxing day” sifatida aytilmasada, APLning o‘sha haftadagi o‘yinlari xam “qutilar kuni” o‘yinlari deb nomlangan. 26 dekabr kuni “Chelsi” Jerard boshchiligidagi “Aston  Villa” maydoniga tashrif buyirishadi. 30 dekabr sanasida esa ular “Brayton”ni “Stemford Bridj”da mehmon qilishadi. Yangi yilning 2 kunida esa ular Londonda “Liverpul”ga qarshilik ko‘rsatishga urinib ko‘radi.  Shundan so‘ng APLda 2 haftalik tanaffus e’lon qilinadi.

“Manchester Siti”

Pep shogirdlari ushbu mavsumda xam doimgidek peshqadamlar qatopida borishmoqda. Oxirgi turda ular “Aston Villa”dan ustin kelishgan edi. “Shaxarliklar” “Chelsi”dan 1 ochko ortda qolishmoqda. “Manchester Siti”ning “Boxing day”gacha o‘tkaziladigan 2 o‘yini nisbatan yengilroq. Ular avvaliga “Uotford” mehmoni bo‘lsa, keyingi turda “Etihad”da “Vulverxempton”ni qabul qilishadi. 15 dekabrda jamoa 17 tur doirasidagi bahsda o‘z uyida “Lids” bilan kuch sinashishadi. Oradan to‘rt kun o‘tib ular “Sent Jeyms Park”da “Nyukasl”ga qarshi maydonga tushishadi. 26 dekabr kuni Pep shogirdlari o‘z uyida “Lester”ni mexmon qilishadi. Keyinchalik “shaxarliklar” Yilning oxirgi kunidan bir kun oldin “Brentford” maydonida to‘p tepishadi. Kelasi yilning ilk kunida “Emirates Arena”da ustoz-shogird bellashuvi guvohiga aylanamiz. “Manchester Siti” o‘sha kuni Arteta boshchiligidagi “Arsenal”ga qarshi maydonga tushadi.

“Liverpul”

Kloppning shogirdari turnir jadvalida uchinchi o‘rinda borishmoqda. Ular peshqadamdan 2 ochko ortda bo‘lsa, “shaxarliklar”ga yetib olishiga bir ochko kamlik qilmoqda. Jamoa ohirgi turda derbida “Everton”ni yirik 1-4 hisobida yengib raqiblarini biroz qo‘rquvga solishga erishdi. “Liverpul” “Boxing day”gacha “Vulverxemton” va “Aston Villa”ga qarshi o‘yinlar o‘tkazadi. E’tiborli tomoni birinchi o‘yin mehmonda o‘tsa, ikkinchi o‘yinda Stiven Jerard “Enfild”ga tashrif buyuradi. Faqat raqib jamoa murabbiysi sifatida. Shundan so‘ng “qizillar” 17 dekabr kuni “Nyukasl”ga qarshi o‘z o‘yida bahs olib borishadi. Oradan ikki ku o‘tib Londonda Konte – Klopp to‘qnashuvi guvoxiga aylanamiz. 26 dekabr kuni “Liverpul” “Lids”ni mehmon qiladi. Ular uchun yildagi ohirgi o‘yin “King Pauer” stadionida “Lester”ga qarshi o‘tkaziladi. Ularning kelasi yil boshidagi o‘yini yuqorida ta’kidlaganimizdek, yilning ikkinchi kunida “Stemford Bridj”da “Chelsi”ga qarshi o‘tkaziladi.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:03, 03.12.2021.
O'qildi: 4081 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.