Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Piter Xyuistra: «G'alaba «Nasaf»ga g‘alaba OCHL yo‘llanmasini taqdim etadi. Ammo...»

Piter Xyuistra: «G'alaba «Nasaf»ga g‘alaba OCHL yo‘llanmasini taqdim etadi. Ammo...»

Baho:
+ | -

Ertaga O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda Toshkentning «Paxtakor» va «Nasaf» jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Bugun o‘yindanoldingi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va unda «sherlar» ustozi Piter Xyuistra o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqashdi

 

-  Albatta, finalga yana chiqqanimizdan xursandmiz, aniqrog‘i bundan g‘ururlandik. Finalga yaxshi tayyorlandik. Ertaga jang qilamiz. 

Ikki nafar yetakchi futbolchimiz finalda bizga yordam bera olmaydi, ammo, tarkibdagi boshqa futbolchilar bemalol ularning o‘rnilarini bosa oladilar. O‘ylaymanki, ertaga maydonga tushadigan boshqa futbolchilar ularning yo‘qligini bildirmaslikka harakat qiladilar va o‘zgacha kuch bilan o‘ynay oladilar.

Final faqat raqibimiz uchun muhim o‘yin emas. To‘g‘ri, «Nasaf»ga g‘alaba OCHL yo‘llanmasini taqdim etadi. Ammo, biz ham tarix yaratishni istaymiz. Qachondir, bizdan finallarga necha marotaba chiqqanimizni emas, necha bor g‘alaba qozonganimiz haqida savol berishadi. Shu bois, biz finalda faqat g‘alaba qozonishni istaymiz.

Finaldan oldin futbolchilarni ruhlantirishda ularni rag‘batlantirish, bonus va mukofot pullari haqida baralla aytish, unchalik kerakli ish emas. Albatta, har qanday mukofot futbolchilarni ruhlantirishi tabiiy. Ammo, ularni yoshlik paytidan bunday narsalar bilan chalg‘itish kerak emas. Ularni har bir uchrashuv oldidan faqat g‘alaba haqida o‘ylashini istaymiz.

Ertangi uchrashuv natijasi kelajakdagi faoliyatimga qanday ta’sir qilishini bilmayman. Hozirda meni barchasi qanoatlantirmoqda. Hozirgi ishimdan mamnunman. Bu borada klub rahbariyati bilan suhbatlashamiz. Menga «Paxtakor» va O‘zbekiston juda yoqishini aytishim mumkin. Bu yerdagi faoliyatimda «Paxtakor» klubining muxlislari qalbimdan chuqur joy oldi. Ularga alohida rahmat deyman. Ular har qanday holatda bizlarni olg‘a boshlashadi.

Manba: UzPFL
Kiritildi: 17:54, 03.12.2021.
O'qildi: 4386 marta.
Fikrlar: 26 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик