Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese 2-2 Kalyari
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna

La liga. «Betis» Xaviga ilk mag‘lubiyatni tortiq etdi (videosharh)

La liga. «Betis» Xaviga ilk mag‘lubiyatni tortiq etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Xavi boshqaruvidagi "Barselona" klubi ilk marta mag‘lubiyat alamini tortdi. Kataloniyaliklar La liganing 16-turi doirasida "Betis"ni qabul qilib, kichik hisobda imkoniyatni boy berishdi.

Xavi tarkibda rotasiya qilishda davom etgan holda, Frenki de Yong, Jerar Pike va Usmon Dembeleni zaxirada qoldirdi. Maydonga esa yoshlarni tushirdi. Birinchi bo‘limda "Barsa"ning o‘yini chiqmadi. Bunga andalusiyaliklar ham yo‘l qo‘yishmadi.

Xavi ikkinchi bo‘limda maydonga Frenki de Yong va Dembeleni tashlagach, "ko‘k-anorranglilar"ning o‘yini jonlandi. Xossatan, Usmonning o‘zida davrozani ishg‘ol qilish uchun 2-3ta imkoniyat yuzaga keldi. Ammo uning zarbalariga biroz aniqlik yetishmadi.

Bahsning 79-daqiqasida "Barselona" burchak zarbasini o‘yinga kiritgan paytda markaziy himoyachilar Langle va Arauxo raqib jarima maydoniga borishdi. To‘pni egallagan "Betis" posboni darhol hujumga asos qoldi. Mezbonlarning markaziy himoyachilari o‘z pozisiyalarini egallagunga qadar mehmonlarning 3 futbolchisi raqib jarima maydonida paydo bo‘lishdi. Xuanmi yakkama-yakka vaziyat Mark-Andre ter Shtegenni dog‘da qoldirdi.

"Barsa" darhol hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Dembelening uzatmasidan keyin Abde Ezzalzuli yaqin masofadan darvozaga aniq zarba bera olmadi — to‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi.

Qolgan daqiqalarda "Betis" hisobni ushlab qoldi va g‘alaba qozondi. Ushbu g‘alabadan so‘ng Pellegrini jamoasining ochkolari 30taga yetdi va ular 3-o‘ringa ko‘tarilib olishdi. "Barselona" esa 23 ochko bilan 7-pog‘onada qoldi.

La liga. 16-tur
Barselona – Betis 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 79 Xuanmi.
Barselona – ter Stegen, Dest, Langle (de Yong, 82), Arauxo, Alba, Buskets, Niko Gonsales (de Yong, 59), Gavi (Puch, 36), Koutinyo (Dembele, 59), Ezzalzuli (Pike, 82), Depay.
Betis – Ruy Silva, Belyerin, Ruis, Bartra, Moreno, Guardado, Kanales, Rodriges, Xuanmi (Iglesias, 81), Villian Joze (Vilyam Karvalyu, 71), Ruibal (Telyo, 63).
Ogohlantirishlar: Villian Joze (12), Niko Gonsales (42), Rodriges (73).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:38, 04.12.2021.
O'qildi: 4952 marta.
Fikrlar: 268 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.