Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

2021 yilgi mavsumni «Sho‘rtan» qanday o‘tkazdi?

2021 yilgi mavsumni «Sho‘rtan» qanday o‘tkazdi?

Baho:
+ | -

Yaqinda, futbol bo‘yicha O‘zbekiston XXX milliy Chempionatining Pro-Liga bahslari ham yakunlandi. “Sho‘rtan”ning undagi ishtirokini qanday baholash mumkin? Aslida, bu borada mutaxassislar gapirgani to‘g‘riroq bo‘lar edi. Ammo yil davomida ushbu jarayonlar ichida yurganligimiz va qaysidir ma’noda bevosita ishtirokchisi bo‘lganligimiz uchun biz ham qisqagina fikrlarimizni bayon qilishni ma’qul topdik.     

“Sho‘rtan PFK” MCHJ jamoasi 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakatimizda futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qabul qilingan bir qator qarorlarini bajarish bo‘yicha ma’lum yutuqlarga erishdi.

Misol uchun, “Oq bo‘rilar” jamoasi qishki transfer oynasi davrida FIFA tomonidan legioner mutaxassislar borasida qo‘yilgan ta’qiq tufayli yangi mavsumga asosan mahalliy yosh futbolchilarga tayanib tayyorgarlik ko‘rdi. Dastlab, yangi mavsum arafasida an’anaviy “Qashqadaryo viloyati Hokimi Kubogi” turnirida g‘alaba qozonildi.

Lekin yosh jamoa yilni u qadar ham ko‘ngildagidek boshlay olmadi. Tarkib mukammal shaklanmaganligi avval boshida o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Dastlabki uchrashuvlar G‘uzor jamoasiga muvvafaqiyat keltirmadi. Shunday bo‘lsa-da, klub rahbariyatining sa’y-harakatlari bilan qarzdorlik masalasi asta-sekin o‘z yechimini topdi. O‘z o‘rnida tajribali mutaxassis Asror Aliqulov boshchiligidagi murabbiylar guruhining ham o‘rinishlari, astoydil harakatlari samara bera boshladi. Yil yakuniga kelib, PRO-Liga autsayderlari qatorida bo‘lgan “Sho‘rtan” turnir jadvalida o‘z qaddini ko‘tara oldi. Bir qator uchrashuvlarda g‘alabalar qozonildi. Shuningdek   

Coca-Cola O‘zbekiston Kubogi musobaqasida “Oq bo‘rilar” guruh o‘yinlarini munosib o‘tkazib, 1\8 final bosqichigacha yetib borishdi.

Yakunda, Asror Aliqulov boshchiligidagi G‘uzorliklar jamoasi PRO-Liga mavsumini yettinchi o‘rin bilan yakunlashdi.

Masalaning yana bir o‘ziga xos jihati shunda bo‘ldiki, faoliyati yaqindagini yo‘lga qo‘yilgan “Sho‘rtan” PFKning futbol Akademiyasi joriy yilda o‘z mevasini bera boshladi. Tajribali mutaxassis Ixtiyor Karimov murabbiyligida asosiy tarkib qoshida futbol musobaqalarida ishtirok etgan yoshlar (U-18) jamoasi ham O‘zbekiston Birinchiligi musobaqalarida munosib natijalarga erishdi.

Shu bilan bir qatorda, Osiyo futbol Konfederasiyasi va O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi talablariga asosan barcha professional futbol klublari qoshida o‘g‘il bolalar qatori yosh, umidli qizlarning ham (U-16) futbol jamoalari ochildi. Dastlabki yilning o‘zidayoq mamlakat ayollar futbolida ko‘p yillar to‘p surgan, o‘z vaqtida mamlakat chempioni bo‘lgan tajribali murabbiy Zebo Jo‘rayeva hamda uning yordamchisi O‘g‘iloy Parmonovalarning murabbiyligida G‘uzorlik qizlar O‘zbekiston Chempionati (U-16) bahslarining finalida qatnashib, faxrli ikkinchi o‘rinni egallashdi.

Shuningdek, yuqoridagilarga qo‘shimcha qilgan holda “Sho‘rtan” PFK qoshida faoliyat olib borayotgan (U-14) va (U-16) yoshlar jamoalari ham viloyat ichidagi va Respublika miqyosidagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, anchagina yutuqlarga erishganligini qayd etish lozim.

“Sho‘rtan” PFK matbuot xizmati bo‘limi.

Manba: https://t.me/shurtanpfc
Kiritildi: 14:20, 06.12.2021.
O'qildi: 1831 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик