Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Og‘ir atletika. Jahon chempionati oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi

Og‘ir atletika. Jahon chempionati oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ertaga Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati start oladi. Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilayotgan mazkur musobaqadan avval matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi bosh kotibi Muhammad Jalud, O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahrom Mendiboyev, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etishdi. Dastlab Shahrullo Mahmudov musobaqa oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Shu paytgacha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati, kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati va boshqa bir qator nufuzli musobaqalarga mezbonlik qildik. Hukumatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan ilk bor kattalar o‘rtasidagi dunyo birinchiligini ham qabul qilmoqdamiz. Musobaqada 80 dan ortiq mamlakatdan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, Turizm va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Milliy Olimpiya qo‘mitasiga tashkiliy ishlardagi katta yordam uchun alohida minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman. Musobaqada o‘z davlatlaridagi karantin talablari sabab Xitoy, Italiya, Fiji va yana ba’zi mamlakatlar ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi. Biroq bu holat uning nufuziga hech qanday salbiy ta’sir o‘tkazmaydi. Yana bir ahamiyatli tomoni, chempionat doirasida o‘zbek og‘ir atletikasi rivoji yo‘lida mehnat qilgan Olimpiada sovrindorlari Nail Muxamedyarov, Sergey Sirsov kabi faxriylarni ham taklif qilganmiz”, – dedi Shahrullo Mahmudov.

Shundan so‘ng Bahrom Mendiboyev sportchilarimizning tayyorgarligi haqida quyidagicha to‘xtalib o‘tdi:

Jahon chempionatiga olib borilgan tayyorgarlikka to‘xtaladigan bo‘lsak, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng qisqa tanaffusdan qildik va darhol o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini boshladik. Dastlab mashg‘ulot Chirchiqdagi bazamizda bo‘ldi. Shundan so‘ng Turkiyada, keyin Ukrainada yig‘in tashkil etdik. Hozirgi paytda terma jamoamizning barcha sportchilari musobaqaga shay. Unda yigitlarimizdan 10 nafar, qizlarimizdan 4 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qiladi”.

O‘z o‘rnida Muhammad Jalud yuqori saviyadagi tashkiliy masalalar haqida gapirdi.

O‘zbekiston doimo har qanday musobaqalarni yuqori saviyada tashkillashtirib kelgan. Bugun ham kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati yuqori saviyada tashkil etilganiga guvoh bo‘lib turibmiz. Bunda bevosita bosh bo‘lgan O‘zbekiston hukumati, Turizm va sport vazirligi va MOQga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz. Tokio-2020 Olimpiadasida va hozirgacha ham hech qaysi musobaqada atletlarimizda doping chiqmayapti. Bu sportimizning halol raqobatda qadam tashlayotganini bildirmoqda”, – dedi Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi bosh kotibi.

Shuningdek, mutasaddilar anjuman davomida sportchilarimizning tayyorgarligi, tashkiliy ishlar, atletlarning salomatligini muhofaza qilishdagi chora-tadbirlar haqidagi savollarga atroflicha javob berishdi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 19:45, 06.12.2021.
O'qildi: 1768 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.