Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/05 19:00 Bunyodkor 3-2 Lokomotiv
23/05 23:45 Kalyari - Fiorentina

Yevropaning eng yaxshi goleador juftliklari. “Real” yulduzlari birinchi o‘rinda...

Yevropaning eng yaxshi goleador juftliklari. “Real” yulduzlari birinchi o‘rinda...

Baho:
+1 | -

Benzema va Vinisius milliy chempionatlarda 10+ gol urgan birinchi hujumchilar juftligi. Vinisiusning 10-goli “Real Sosyedad” darvozasiga urgan g‘alabali tshpi bo‘ldi. Shu sabab Yevropa chempionatlari orasida gol+pas bo‘yicha eng ochko to‘plagan hujumchilar juftligi haqida ma’lumot berishga qaror qildik.

 

10-o‘rin. “Borussiya Dortmund” Xoland (11 gol) + Roys (4 gol) = 15 gol (12 golli uzatma)

Xoland jarohati tufayli bir qancha vaqt maydonga tusha olmadi. Natijada norvegiyalik Bundesliganing 14 o‘yinidan atigi 7 tasida dastlabki daqiqalardan o‘ynadi. Agar, jarohat aralashmaganida, Erling ko‘proq gol urishi mumkin edi. Qolaversa, “Borussiya”da gol urish borasida Xoland bilan tenglash oladigan futbolchi yo‘q. Shuning uchun Erling jamoani yolg‘iz tortib yuradi. 2021 yilda Xoland gollari sonibo‘yicha Krishtianu Ronaldu va Kilian Mbappe bilan bir xil natija ko‘rsatmoqda.

 

9-o‘rin. “Inter” Jeko (8) + Martines (8) = 16 gol (4 golli uzatma)

Dortmundning “Borussiya” jamoasi futbolchilaridan farqli o‘laroq, “Inter”ning hujumchisi teng natija ko‘rsatmoqda: Romelu Lukaku Londonga jo‘nab ketdi, ammo Lautaro Martinesning yangi jamoadoshi ajoyib formada edi. A seriyaning so‘nggi turida Jeko sobiq jamoasining mag‘lubiyatga uchratishda ishtirok etdi va gollar bo‘yicha argentinalik futbolchiga yetib oldi, Lautaro 8 ta golidan 3 tasini penaltidan kiritdi, Edin esa faqat o‘yindan gol urdi.

 

8-o‘rin. “Verona” Simeone (11) + Barak (5) = 16 gol (6 golli uzatma)

Italiyaliklar endi himoyaviy futbol o‘ynamaydilar. A seriyadagi o‘rtacha ko‘rsatkich Premyer-liga va La Ligadagidan yuqori, shuning uchun bu chempionatdan to‘rtta juftlik birdaniga kuchli o‘ntalikka kirdi. Bu esa kutilmagan voqea. “Verona” mavsum boshidan buyon 32 ta gol urishga ulgurdi va gollarning 50 foizi aynan shu yigitlar hisobiga yozildi. Yakkaxon Jovanni Simeone, chexiyalik Barak ajoyib juftlik yaratishgan.

 

7-o‘rin. “Atalanta” Sapata (9) + Pashalich (7) = 16 gol (11 golli uzatma)

Jan Pyero Gasperini jamoasi ko‘p gol urishi yangilik emas, ammo xorvat Pashalich hujumchi Sapata bilan birga “Atalanta”ning eng sermahsul futbolchilari ikkiligidan joy olishi kutilmagan hol. O‘tgan mavsum davomida Mario 6 ta gol urgan bo‘lsa, hozirda to‘liq bo‘lmagan birinchi davrada 7 ta gol urishga hamda 6 ta golli uzatma berishga erishdi. U ayni paytda A seriyaning eng yaxshi futbolchilaridan biri.

 

6-o‘rin. “Strasburg” Ajorke (9) + Diallo (8) = 17 gol (6 golli uzatma)

Mbappe, Neymar va Messi birgalikda 12 ta gol urgan bo‘lsa, “Strasburg” hujumchilari Lyudovik Ajorke va Habib Dialloning hisobida 17 ta gol bor. Bu jasur yigitlar Yevropaning eng samarali duetlari reytingidan joy oldi. Kamtarona “Strasburg” chempionatda PSJdan atigi 2 ta gol kam urgan (34 va 36). Boshqa tomondan, parijliklar bozor qiymati bo‘yicha 11 barobar qimmatroq ( PSJ, 990 million yevro. “Strasburg”, 89 million yevro).

 

5-o‘rin. “Bayer”, Shik (12) + Virs (5) = 17 gol (11 golli uzatma)

O‘tgan shanba kuni “Bayer” Bundesliganing eng kuchsiz jamoasi “Greyter”ni 7:1 hisobida mag‘lub etdi, Patrik Shik esa pokerni qayd etdi. Autsayderlarning bu mag‘lubiyati evaziga “aptekachilar” Dunyoning kuchli beshta hujum chizig‘i reytinggiga kirishdi.

 

4-o‘rin. “Lasio” Immobile (13) + Milinkovich-Savich (5) = 18 gol (7 golli uzatma)

Mana, A seriyaning eng sermahsul juftligi. Italiya chempionatining yetakchi to‘purari Immobile o‘ziga yarimhimoyachi Milinkovich-Savichni sherik qilib oldi. Sergey boshqa bir “burgutlar” a’zosi Pedro bilan bir xil gol urdi, biroq ispaniyalik hozirgacha atigi ikkita golli uzatmani amalga oshirdi, serb esa 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

 

3-o‘rin. “Liverpul” Salah (13) + Jota (8) = 21 gol (10 golli uzatma)

“Liverpul” Premyer-ligada 44 ta gol urgan bo‘lsa, ularning yarmida Muhammad Saloh qatnashgan. Misrlik futbolchi mavsum boshidan beri 15 o‘yinning 14 tasida va ketma-ket 13 uchrashuvda samarali harakat qildi. Muhammad xuddi shu ruhda davom etsa, mavsumning eng yaxshi futbolchisini aniqlashda hech qanday qiyinchilik bo‘lmaydi. Futbolchining hujumdagi sherigi - Diogo Jota. Portugaliyalik 8 ta gol urdi.

 

2-o‘rin. “Bavariya” Levandovski (16) + Gnabri (6) = 22 gol (1 golli uzatma)

Levandovski Yevropaning barcha beshta top-ligasidagi eng sermahsul futbolchisi hisoblanadi. Polyak mavsum boshidan beri 16 ta gol urgan, uning eng yaqin ta’qibchilarida esa 13 tadan gol bor (Saloh, Immobile, Vlaxovich). Agar Robertning natijasiga Gnabrining 6 ta golini qo‘shsak, Madridliklar bilan teng keladigan hujumchilar juftligini yetib oladi.  Benzema va Vinisius faqat golli uzatmalar evaziga yuqoriroq o‘rinlarni egallashdi. Ular “Bavariya” to‘purarlariga qarshi asistlar borasida yirik hisobda g‘alaba qozonishdi - 10:1.

 

1-o‘rin. “Real Madrid” Benzema (12) + Vinisius (10) = 22 gol (10 golli uzatma)

“Real Sosyedad”ga qarshi o‘yinda Benzema birinchi bo‘limda jarohat oldi va uning o‘rniga tushgan Yovich kutilmaganda gol+pasni amalga oshirdi. Aynan serb uzatmasi bilan Vinisius Ispaniya chempionatidagi o‘zining 10-golini urdi va bu “Real Madrid” hujumchilarini kuchli beshlik chempionatlari miqyosida gol urish bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi: Benzema va Vinisius har bir ishtirokchi hisobidagi gollar soni bo‘yicha birinchi hujum juftligi bo‘ldi. Agar Karimdan bu o‘yin kutilgan bo‘lsa, bu braziliyalik uchun haqiqiy yutuq: Sababi, La Liganing oldingi uchta o‘yinida Junior 82 o‘yinda 7 ta gol urgan, joriy mavsumda esa 17 uchrashuvda 10 ta gol urgan.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Kiritildi: 11:10, 07.12.2021.
O'qildi: 4259 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.