Kirish Ro'yxatdan o'tish

Beyl APLga qaytishi mumkin. Ammo...

Beyl APLga qaytishi mumkin. Ammo...

Baho:
+ | -

Faoliyatida qiyin bosqichni boshidan o‘tkazayotgan hujumkor yarimhimoyachi Garet Beyl “Real”ni tark etishi mumkin. 

“Fichajes” nashri xabariga ko‘ra, 32 yoshli vinger Tumanli Albionga qaytishi mumkin. Garet avvalroq o‘ynagan Londonning “Tottenxem” klubi futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

“Shporlar” rahbariyati Beylni qaytarishga tayyor, ammo jamoa bosh murabbiyi Antonio Kontening roziligini olmoqchi. Mutaxassis transferni ma’qullasa, kelishuv yanvar oyida amalga oshadi.

Tajribali futbolchining “qirollik klubi” bilan shartnomasi 2021/2022 yilgi mavsum oxirida yakuniga etadi. Joriy La Ligada u uchta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan.

Kiritildi: 15:32, 07.12.2021.
O'qildi: 3131 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.