Kirish Ro'yxatdan o'tish

Og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Ma’lum qilganimizdek, bugun poytaxtimizda og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati start oldi. Ayni daqiqalarda mazkur musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, MOQ rahbari Rustam Shoabdurahmonov, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri, O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi raisi Botir Zokirov, O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, Osiyo og‘ir atletika federasiyasi vise-prezidenti Shahrullo Mahmudov, Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi rahbarlari, ko‘p sonli muxlislar va musobaqada ishtirok etayotgan delegasiyalar qatnashishdi.

Marosim avvalida Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan sportga qaratilayotgan yuksak e’tibor haqidagi videorolik mehmonlarga taqdim qilindi. Shundan so‘ng sahnalashtirilgan turli badiiy chiqishlar yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi. Ayniqsa, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shukurullo Isroilov, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Jenisbek Piyazov, “Sitora” guruhi ishtirokidagi chiqish yig‘ilganlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 18:22, 07.12.2021.
O'qildi: 1465 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.