Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Ravshan Ermatov O‘zbekiston U-18 va Olimpiya terma jamoalarining keyingi yilgi rejalari bilan tanishdi

Ravshan Ermatov O‘zbekiston U-18 va Olimpiya terma jamoalarining keyingi yilgi rejalari bilan tanishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining bosh murabbiy Timur Kapadze bilan birgalikda keyingi yilgi tayyorgarlik rejalarni ko‘rib chiqdi. Xabaringiz bor, Olimpiya terma jamoamizni 2022 yilda yil ikkita yirik musobaqa — mamlakatimiz maydonlarida bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo chempionati va Xanchoudagi Osiyo o‘yinlari kutib turibdi.

O‘FA birinchi vise-prezidenti mazkur nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik rejalari bilan tanishish maqsadida murabbiylar shtabi bilan suhbatlashdi. O‘FA tomonidan futbolchilarimizning oldinda turgan turnirlarga sifatli va tizimli tayyorgarlik ko‘rishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilishi ma’lum qilindi.

Shundan keyin Ravshan Ermatov O‘zbekiston U-18 terma jamoasining mashg‘ulotlariga tashrif buyurdi. Tajribali mutaxassis Ravshan Haydarov qo‘l ostidagi mazkur jamoani ham bir qancha muhim turnirlar kutib turibdi. Xususan, vakillarimiz keyingi yili Osiyo chempionatining saralash bahslarida ishtirok etish bilan bir qatorda, 2023 yilda bo‘lib o‘tadigan U-20 Jahon Chempionati yo‘llanmasi uchun ham kurash olib borishadi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 19:09, 08.12.2021.
O'qildi: 1721 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик