Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 3-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 0-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

YECHL. Nimchorak final bosqichi qu’asi haqida batafsil ma’lumot

YECHL. Nimchorak final bosqichi qu’asi haqida batafsil ma’lumot

Baho:
+ | -1

Yevropa chempionlar ligasida bitta uchrashuvni hisobga olmaganda guruh bosqichi yakuniga yetdi. Ayni paytda pley-off bosqichiga chiqqan 15ta jamoaning nomi aniq bo‘ldi. O‘n oltinchi jamoa nomi "Atalanta" - "Vilyarreal" bahsidan keyin ma’lum bo‘ladi. Pley-off bosqichiga tashlanadigan qur’a haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Qachon?
Nimchorak final bosqichiga qur’a tashlash marosimi 13 dekabr kuni UYEFA qarorgohi joylashgan Shveysariyaning Nyon shahrida bo‘lib o‘tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi.

Kimlar ishtirok etadi?
Guruh bosqichida dastlabki ikkita o‘rinni egallagan jamoalar pley-off bosqichida ishtirok etishadi. Guruh g‘oliblari birinchi savatcha, guruhda 2-o‘rinni band etganlar ikkinchi savatchadan o‘rin olishadi.

1-savatcha (guruh g‘oliblari)

"Ayaks" (Niderlandiya)
"Bavariya" (Germaniya)
"Liverpul" (Angliya)
"Lill" (Fransiya)
"Manchester Siti" (Angliya)
"Manchester Yunayted" (Angliya)
"Real" (Ispaniya)
"Yuventus" (Italiya)

2-savatcha (guruhda 2-o‘rinni egallaganlar)

"Atletiko" (Ispaniya)
"Benfika" (Portugaliya)
"Zalsburg" (Avstriya)
"Inter" (Italiya)
"Pari Sen-Jermen" (Fransiya)
"Sporting" (Portugaliya)
"Chelsi" (Angliya)
"Atalanta" (Italiya) / "Vilyarreal" (Ispaniya)

Qur’a tartibi
Bitta guruhda ishtirok etgan jamoalar hamda bir mamlakat vakillari nimchorak finalda o‘zaro to‘qnash kelishmaydi. Birinchi savatcha vakillari javob uchrashuvini o‘z maydonida o‘tkazishadi.

O‘yinlar qachon?
1/8 final bosqichining dastlabki uchrashuvlari 15/16/22/23 fevral kunlari, javob o‘yinlari esa 8/9/15/16 mart kunlari o‘tkaziladi. Chorak final bosqichiga qur’a tashlash marosimi 18 mart kuniga belgilangan.

Yangi qoidalar bormi?
UEFA joriy mavsumdan boshlab pley-off bosqichida "safardagi gol" qoidasini bekor qildi. Agar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra hisob teng bo‘lsa, qo‘shimcha bo‘limlar belgilanadi. Unda ham g‘olib nomi aniqlanmasa, penaltilar seriyasiga navbat beriladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:32, 09.12.2021.
O'qildi: 9336 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.