Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Farangga qarshi nayrang. UYEFA tarafkashlik qilyaptimi?

Farangga qarshi nayrang. UYEFA tarafkashlik qilyaptimi?

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, kecha KL so‘nggi turi doirasidagi «Tottenxem» hamda «Renn» jamoalari ishtirokidagi bahs mezbonlarda avj olgan koronavirus holatlari sababli qoldirilgan edi.

Bu esa fransuz klubi vakillarida bir qator noroziliklarni keltirib chiqardi. Chunki «Renn» o‘shanda allaqachon Londonga yetib kelgan va o‘ynash uchun barcha narsa hozirlangan edi.
Koronavirus bilan bog‘liq holat esa «Tottenxem»ning katta shtabini qamrab oldi: sakkiz futbolchi va murabbiylar shtabining besh nafar a’zosi virus yuqtirgani aniqlandi. Antonio

Konte ushbu holatga izoh berdi:

«Asosiy muammo shundaki, har kuni kasallanganlar soni ortib bormoqda. Vaziyat jiddiy. Bugun yana bir futbolchi va murabbiylar shtabidagi xodimning testi ijobiy natija bergan.

Bu esa yaxshi emas. Barcha birdek qo‘rquvga tushgan. Bu yerda albatta, hamma oilasini o‘ylashi turgan gap. Nega bunda tavakkal qilishimiz kerak? Bu mening savolim. Bugun yana ikkita ijobiy test. Ertaga kim? Menmi? Buni hech kim bilmaydi», - deydi Konte.

Koronavirusga ijobiy test topshirgan barcha futbolchilar endi 10 kun davomida karantinda bo‘lishlari talab etiladi. Ya’ni ular «Renn» bilan o‘tadigan Konferensiya ligasi o‘yinini (9 dekabr) o‘tkazib yuborishlari va Premyer-ligada (12 dekabr) «Brayton»ga qarshi maydonga tusha olmasliklari kutilmoqda.

Biroq oldinroq «Renn» bilan kechadigan o‘yin albatta bo‘lib o‘tishi kerak edi. Xalqaro reglamentga ko‘ra, agar jamoada kamida 13 nafar o‘yinchi bahsga tayyor bo‘lsa, uchrashuvni boshqa kunga ko‘chirish mumkin emas. Biroq chorshanba kuni londonliklar o‘yin qoldirilganini rasman e’lon qildi. «UYEFA bilan muzokaralar davom etmoqda va biz qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etamiz», — deyiladi xabarda.

Biroq, «Renn» bu fikrga qo‘shilmayapti. Fransuz klubi bunga javob qaytardi va unda raqibni faqat bir tomonlama qaror qabul qilganlikda aybladi: “Soat 19.45da bo‘lib o‘tgan «Tottenxem» va «Renn» vakillari o‘rtasidagi videokonferensiya chog‘ida «shporlar» direktori payshanba kungi o‘yinda qatnashmaslik niyatini ma’lum qildi. Biroq ushbu bir tomonlama qaror UYEFA tomonidan tasdiqlanmadi.

«Tottenxem» matbuot kotibi koronavirusdan zarar ko‘rgan futbolchilar sonini e’lon qilishni istamadi, qoidaga ko‘ra, o‘yin jamoada 13 nafar futbolchi va bir darvozabon bo‘lsa, o‘tkazilishi kerak. Tashkilot Britaniya rasmiylarining qarorini hech qanday rasmiy hujjatlarsiz himoya qildi.

UYEFA o‘yinni rasman bekor qilmagani uchun «Renn» o‘z qarorini tasdiqladi. Klubning e’tirozi shundan iboratki, UYEFA feyr-pley qoidasini to‘liq joriy qilmagan va kasallangan futbolchilarning sonini yashirgan. Vaholanki, «Renn» o‘sha kuni Londonga yetib kelib, uchrashuvni o‘tkazishga tayyor edi. Bu yerda jamoa raqibiga nisbatan texnik mag‘lubiyat yozilishini kutgan.

Kiritildi: 02:01, 10.12.2021.
O'qildi: 2165 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик