Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

La liga. «Barselona» g‘alabani qo‘ldan chiqardi

La liga. «Barselona» g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan «Osasuna» va «Barselona» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv hozirgina yakuniga yetdi.

Bahsning 12-daqiqasida kataloniyaliklar hisobni ochishdi. Gavining chiroyli uzatmasidan keyin Niko raqib jarima maydoni ichida to‘pni to‘xtatdi va darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda to‘pni darvozaga joyladi.

Mezbonlar esa 2 daqiqa ichida hisobni tenglashtirib qo‘yishdi. Jarimadan yetkazilgan uzatmani David Garsiya bosh bilan darvoza tomon burib yubordi.

"Ko‘k-anorranglilar" birinchi bo‘lim oxirigacha tashabbusni o‘zlarida ushlab turgan bo‘lsalar-da, tanaffusga qadar hisob o‘zgarmadi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa Xavi shogirdlari qarshi hujumdan unumli foydalanishdi. Dembele o‘ng qanotdan yetkazgan uzatma himoyachining bosh orqali Ez-Zalzuliyga kelib tushdi. Abdusamad esa yaqin masofadan darvozani zabt etdi.

Shundan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi bir nechta o‘zgarishlar orqali o‘yinni o‘zgartirishga harakat qildi va bu o‘z samarasini berdi. Bahs tugashiga 5 daqiqa qolganida Chimi Avila jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p esa Arauxoning oyog‘iga tegib o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va to‘rga borib tushdi.

Qolgan daqiqalarda "Barsa" g‘alaba uchun harakat qildi, ammo bunga kuchi yetmadi. Shu tariqa, kataloniyaliklar yana ochko yo‘qotishdi va 24 ochko 8-pog‘onada qolishdi.

Ispaniya La ligasi, 17-tur
Osasuna – Barselona 2:2 (1:1)
Gollar: 0:1 – 12 Niko Gonsales, 1:1 – 14 David Garsiya, 1:2 – 49 Ezzalzuli.
Osasuna – Errera, Vidal (Xose Anxel, 74), Unai Garsiya, David Garsiya, Xuan Krus, Sanches (Roberto Torres, 73), Torro, Ruben Garsiya (Brashanas, 68), Monkayola, Barxa (Chimi Avila, 68), Kike Garsiya (Budimir, 68).
Barselona – ter Stegen, Pike, Umtiti, Arauxo, Buskets, de Yong, Niko Gonsales (Mingesa, 73), Ezzalzuli, Gavi, de Yong, Dembele (Koutinyo, 81).
Ogohlantirishlar: Vidal (28), Ruben Garsiya (37), Xuan Krus (49), Sanches (56), David Garsiya (67), Gavi (74), ter Stegen (83).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:10, 12.12.2021.
O'qildi: 2876 marta.
Fikrlar: 30 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик