Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

Og‘ir atletika. Akbar Jo‘rayev dast ko‘tarishda oltin medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletika. Akbar Jo‘rayev dast ko‘tarishda oltin medalni qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida bugun 109 kg. vazngacha bo‘lgan erkaklar ishtirok etishyapti. Hozirgina dast ko‘tarish mashqlari yakunlandi.

"A" guruhida 11 nafar ro‘yxatga olingan bo‘lib, ulardan 8 nafari ishtiroklarini erta yakunlashdi. Ular orasida eng yaxshi natija 179 kg. bo‘ldi. Shundan so‘ng g‘oliblikka da’vogarlar — Ruslan Nurudinov, Akbar Jo‘rayev va armanistonlik Simon Martirosyan bahslarga kirishishdi.

Dastlab Ruslan 185 kg. tosh uchun buyurtma berdi. Ammo uning birinchi urinishi muvaffaqiyatsiz chiqdi. Hamyurtimiz ikkinchi urinishda bu vaznni o‘ziga bo‘ysundirdi.

Shundan so‘ng Akbar Jo‘rayev 187 kg. toshni ilk urinishda boshi uzra baland ko‘targan bo‘lsa, Martirosyan 188 kg.ni o‘ziga bo‘ysundirdi. Nurudinov esa uchinchi urinishda 189 kg.ni ko‘tardiyu, ammo hakamlarning ikki nafari urinishni muvaffaqiyatsiz deya hisobladi. Murabbiylarimiz tomonidan berilgan "chellenj" ham naf bermadi.

Akbar ikkinchi urinishda 192 kg.ni ham muvaffaqiyatli ko‘tardi va peshqadamga aylandi. Arman sportchisi 193 kg.ga buyutma berdi va uni ko‘tardi. Ammo hakamlar uning urinishiga "qizil" tugmachani bosishdi. U ham "chellenj" berdi, ammo muvaffaqiyatga erishmadi.

Akbar Jo‘rayev uchinchi urinishga 195 kg. buyurtma berib, uni qiyinchilik bilan bo‘lsa-da o‘ziga bo‘ysundirdi. Simon 196 kg. uchun so‘nggi urinishga chiqib, uni ko‘tara olmadi.

Shu tariqa, Jo‘rayev dast ko‘tarishda oltin (195 kg.), Martirosyan kumush (188 kg.) va Nurudinov bronza (185 kg.) medallariga ega bo‘ldi.

Akbar ikki kurash bo‘yicha Martirosyandan 7 kilo oldinga o‘tib oldi. Hozirda sportchilar siltab ko‘tarish mashqlarida ishtirok etishyapti.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:40, 16.12.2021.
O'qildi: 3045 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.