Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Og‘ir atletika bo‘yicha JCH yakunlari: Yigitlarimiz umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi

Og‘ir atletika bo‘yicha JCH yakunlari: Yigitlarimiz umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi

Baho:
+ | -

Toshkent mezbonlik qilgan og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Bir necha kun davomida dunyoning eng kuchli atletlari chempionlik yo‘lida murosasiz raqobat olib borishdi.

Qayd etish joiz, murakkab epidemiologik vaziyat bo‘lishiga qaramasdan xorijlik mutaxassislar ushbu dunyo birinchiligi yuqori saviyada tashkil etilganiga alohida urg‘u berdilar. O‘z navbatida, sportchilar o‘rtasidagi keskin raqobat muxlislarda bir olam taassurot qoldirdi. Avvaldan taxmin qilinganidek, og‘ir vazn toifalaridagi bellashuvlar kutilgan intrigani taqdim qildi. Ayniqsa, -109 kg vazn toifasidagi bahs yurtdoshlarimiz xotirasida uzoq vaqt yodda qoladigan bo‘ldi. Boisi unda 2 alp yigitlarimiz Akbar Jo‘rayev va Ruslan Nurudinov chempionlik uchun o‘zaro raqobat olib borishdi. Ushbu vaznda o‘zbek polvonlariga teng keladigan raqib yo‘q ekanini yana bir karra isbotlashdi.

Umuman olganda, yigitlarimiz musobaqa davomida o‘z chiqishlari bilan barchamizni xursand qilishdi. Ularning natijalari medallar jamg‘arishdagi umumiy hisobda ham o‘z aksini topdi. Kichik medallar kesimida 5 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medallarini jamg‘argan O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Erkaklar, medallar bo‘yicha:
1. O‘zbekiston – 5-5-2
2. Koreya Respublikasi – 5-1-4
3. Gruziya – 3-4-1

Sportchilarimizning ishtirokiga qarab beriladigan ochkolar klassifikasiyasida esa jamoamiz uchinchi o‘rinni egalladi.

Erkaklar, ochkolar bo‘yicha:
1. Rossiya og‘ir atletika federasiyasi – 581 ochko
2. Eron – 548
3. O‘zbekiston – 525

Ayollar bahsida medallar jamg‘arish bo‘yicha qizlarimiz o‘n birinchi pog‘onani band etgan bo‘lsalar, ochkolar kesimida kuchli 15 talikni yopib berishdi.

Umumiy hisobdagi medallar jamg‘armasida ham jamoamiz yetakchilar qatorida bo‘lgani faxrlanarli. Doston Yoqubov va Akbar Jo‘rayevning oltin, Sarvarbek Zafarjonov, Ruslan Nurudinov va Tursunoy Jabborovaning kumush medallari bilan ushbu kesimda ikkinchi o‘rinni bandi qildik.

Umumiy hisobdagi medallar jamg‘arish bo‘yicha:
1. Koreya Respublikasi – 4-1-2
2. O‘zbekiston – 2-3-0
3. Tailand – 2-2-1

Shu o‘rinda, o‘z yurtimizda birinchi bor o‘tkazilgan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarilib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan qahramonlarimizni eslab o‘tamiz:

Oltin medal:
-67 kg: Doston Yoqubov – siltab ko‘tarish va ikki kurash
-109 kg: Akbar Jo‘rayev – mutlaq chempionlik (har uch yo‘nalishda)
-87 kg: Tursunoy Jabborova – dast ko‘tarish

Kumush medal:
-67 kg: Doston Yoqubov – dast ko‘tarish
-89 kg: Sarvarbek Zafarjonov – siltab ko‘tarish va ikki kurash
-109 kg: Ruslan Nurudinov – siltab ko‘tarish va ikki kurash
-87 kg: Tursunoy Jabborova – ikki kurash

Bronza medal:
-67 kg: Adhamjon Ergashev – siltab ko‘tarish
-109 kg: Ruslan Nurudinov – dast ko‘tarish

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasini mamlakatimizda ilk bor tashkil etilgan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatini yuqori saviyada o‘tkazgani, qo‘lga kiritilgan ulkan natijalar bilan tabriklab qoladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 12:12, 18.12.2021.
O'qildi: 5461 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.