Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Messi va Ronalduning davri tugadi. Kelasi yilda “Oltin to‘p” uchun asosiy davogar Kevin De Bryuyne haqida

Messi va Ronalduning davri tugadi. Kelasi yilda “Oltin to‘p” uchun asosiy davogar Kevin De Bryuyne haqida

Baho:
+ | -

2021 yilda Lionel Messi unchalik yaxshi o‘yin ko‘rsatmaganiga qaramay, yana “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi. Krishtianu Ronaldu dunyoning eng yaxshi 10 nafar futbolchisi qatoriga kirdi, ammo portugaliyalik ham yoshi sabab endi kuchlilar safida yo‘q. Ikki buyuk futbolchining davri ketayotganini tan olishdan qo‘rqmaslik kerak. Ular endi dunyoning eng zo‘rlari emas va navbatdagi “Oltin to‘p”ni boshqa o‘yinchi olishini taxmin qilish mumkin. Balki Robert Levandovski nihoyat uning egasiga aylanadi? Ammo polyak allaqachon 33 yoshda. “Bavariya” hujumchisi keyingi mavsumda yana shuncha gol urishiga kafolat yo‘q. Yana bir futbolchi borki, yil oxirida France Football sovrinidan doimo quruq qoladi. Ammo, kelasi mavsumdan ushbu futbolchi yilning eng yaxshi ftbolchisi sovriniga asosiy da’vogarga aylanishini taxmin qilish mumkin. Bu – Kevin De Bryuyne. “Stadion.uz” nashri nima uchun “Man Siti” va Belgiya terma jamoasi yetakchisi De Bryuyne navbatdagi “Oltin to‘p”ga asosiy da’vogar ekani haqida gapirib beradi.

 

Kuboklar dunyoning eng yaxshi futbolchisiga mukofotni topshirishning asosiy omillaridan biridir. Bu yil Lionel Messi o‘z o‘yinlari uchun emas, balki terma jamoasi bilan uzoq kutilgan Amerik kubogida chempion bo‘lganligi uchun ham “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi. 2006 yilda Fabio Kannavaro va 2018 yilda Luka Modrich jamoalari jahon chempionatlarida ajoyib natijalar ko‘rsatmaganida hech qachon “Oltin to‘p”ni qo‘lga kirita olmagan bo‘lardi. Portugaliya terma jamoasining Yevro-2016dagi g‘alabasini ham eslab o‘tishingiz mumkin. O‘sha yili Ronaldu ovoz berish jarayonida hammani yirik ochkolar bilan ortda qoldirgandi.

Kevin De Bryuyne dunyoning eng yaxshi jamoalarida o‘ynaydi: “Man Siti” tarkib bo‘yicha sayyoradagi eng qimmat futbol klubi, Belgiya terma jamoasi FIFA reytingida 1-o‘rinda. Biroq, Kevinning jamoalari hali yuqori cho‘qqilarga chiqa olishmadi. “Shaharliklar” so‘nggi to‘rtta chempionlikdan uchtasini qo‘lga kiritdi, ammo ular hali ham Chempionlar ligasini qo‘lga kiritish uchun kurashmoqda. Belgiya juda ham kuchli tarkibga ega, ammo har bir yirik turnirda “qizil iblislar”ga nimadir yetishmayapti.

2022 yil De Bryuyne uchun omadli yil bo‘lishi mumkin. “Manchester Siti” joriy Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun asosiy da’vogar. Pep Gvardiola o‘yin strukturasini takomillashtirdi. Hozirda uning deyarli mukammal jamoasi bor, unga hatto raqiblarni yirik hisobda mag‘lub etish uchun markaziy hujumchisi ham kerak emas. Kevin “Siti”ning yarimhimoya chizig‘ida o‘ynaydi va bosh murabbiy o‘z falsafasini uning atrofida quradi. Vaholanki, “shaharliklar” hozir shunchalik kuchliki, hatto eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lmasa ham, barcha raqiblardan ustun turadi. De Bryuyne 2021 yilda jarohatlar tufayli o‘yinlarni o‘tkazib yubordi, ammo shunga qaramay, tezda tuzaldi va jamoaning yetakchisi rolini yana qaytarib oldi.

 

Premyer-liga va Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan taqdirda belgiyalik avtomatik tarzda “Oltin to‘p”ga davogarlardan biriga aylanadi. Belgiya 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ham g‘olib chiqsa, Kevin eng nufuzli individual sovrin uchun kurashda asosiy favorit bo‘ladi. Belgiya hozirda tarixdagi eng yaxshi avlodga ega. Ushbu terma jamoaning ko‘plab yulduzlari allaqachon katta yoshda, ammo ular hali ham yetarlicha yaxshi yaxshi o‘yin namoyish eta oladi. Demak, bo‘lajak jahon chempionati “qizil iblislar” uchun turnirda g‘alaba qozonish uchun oxirgi imkoniyatdir.

Ammo belgiyalikning asosiy raqibi Messi, Ronaldu, Levandovski yoki Mbappe emas. Kevinning “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishiga to‘sqinlik qiladigan asosiy sabab - jarohatlar. Shunday qilib, Premer-liganing 17-turida De Bryuyne 11ta o‘yinda maydonga tushgan, shundan atigi 6tasida asosiy tarkibda maydonga tushgan. Kevin maydonda atigi 587 daqiqa o‘tkazdi (jamoada 13-o‘rin). De Bryuyne to‘pig‘idagi jarohatdan forig‘ bo‘lishi uchun to‘rt hafta kerak bo‘ldi va yana ikki hafta u kovid tufayli futboldan chetda qoldi. Kasalliklar oralig‘ida paydo bo‘lgan belgiyalik darhol ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. 2021 yilda Italiya bilan Yevro-2020 va “Chelsi” bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan Jorjinyo “Oltin to‘p” uchun ovoz berishda uchinchi o‘rinni egalladi. Iste’dod borasida italiyalik ko‘plab yulduzlardan kam, ammo aynan jamoaviy sovrinlar jurnalistlarni unga ovoz berishga majbur qilgan. Yakkama-yakka kurashda De Bryuyne Jorjinyodan kuchliroq ekanini inobatga oladigan bo‘lsak, belgiyalik katta sovrinni qo‘lga kiritsa, “Oltin to‘p-2022”ni qo‘lga kiritish uchun ajoyib imkoniyatga ega.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:31, 19.12.2021.
O'qildi: 7535 marta.
Fikrlar: 122 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.