Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Odil Ahmedovga 13 yil avval Namangandagi o‘yindan keyin polkovnik qamatish bilan tahdid qilgani ma’lum bo‘ldi

Odil Ahmedovga 13 yil avval Namangandagi o‘yindan keyin polkovnik qamatish bilan tahdid qilgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik sobiq futbolchi Odil Ahmedov hayot yo‘liga bag‘ishlangan «Orzuning shonli yo‘li» kitobida 2008 yil «Paxtakor» safida «Navbahor»ga qarshi kechgan safar o‘yinida yuz bergan tushunmovchilik va shu sabab futbolchiga bo‘lgan tahdidlar haqida ma’lumot berildi.

Eslatib o‘tamiz, Odil Namangandagi o‘yin vaqtida gol urgan va uni nishonlash vaqtida ko‘rsatkich barmog‘i bilan tribunaga ishora qilgandi. Bu holatni muxlislar noto‘g‘ri tushungan va Ahmedovni o‘rta barmog‘ini ko‘rsatib, behurmatlik qilganlikda ayblagandi.

Odilning o‘zi bu holatni quyidagicha izohlaydi:

"2008 yilda «Navbahor»ga qarshi o‘ynadik. O‘sha o‘yinda gol urdim. VIP — hududga yondosh tribunalarda o‘tirgan otam va akam tomon yugurar ekanman, ko‘rsatkich barmog‘imni ko‘rsatgancha o‘ng qo‘limni ko‘tardim. Bir zumda tribunalarda shovqin-suron, baqir-chaqir, tartibsizliklar turdi. Odamlar birdaniga qo‘zg‘algandi. Men tomon nimalardir uchdi.

«Navbahor»ga urgan golim shunchalik yoqmadimi?, degan taajjubli o‘y o‘tdi ko‘nglimdan. Namanganlik futbolchining «Navbahor» darvozasini ishg‘ol etgani shunchalik ta’sir qildimi? Lekin odamlar boshqa o‘yga borgan ekan.

Men go‘yoki… o‘rta barmog‘imni ko‘rsatgan emishman. Golni nishonlayotganimni bunday talqin qilishganidan ham hayratda edim, ham dahshatga tushdim.

Ahmedovning aytishicha, o‘yindan keyin katta lavozimdagi huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi u va otasini to‘xtatib, tahdid qilgan.

Eng yomoni o‘yindan keyin bo‘ldi. Dadam bilan birga mashinada uyga qaytmoqchi bo‘lib turgandik. Shu payt klub hovlisiga ichki ishlarga tegishli, bayroq surati hoshiya qilingan ikkita mashina kirib keldi. Shundoq yonimizda to‘xtadi. Pogonidan polkovnik ekanligi bilinib turgan xodim dadamga yuzma-yuz bo‘lib o‘dag‘ayladi:

— O‘g‘lingizni olib ketamiz!
— Qo‘ying, komandir, ertaga Toshkentga ketadi, eshitgan quloqqa yaxshi emas, — yalinardi dadam.

— Yo‘limizni to‘smang, qani o‘g‘lingiz?
— Iltimos, komandir…

Men bu suhbatga aralashishni lozim topdim,

— Assalomu alaykum, tinchlikmi?, — deb so‘radim.

Polkovnik menga e’tibor bermadi yoki mensimadimi, dadamga gapirishda davom etdi:

— Odam o‘z hamyurtlariga ham o‘rta barmog‘ini ko‘rsatadimi? Kim bo‘lib ketgan o‘zi? Shunaqa kuchayganmi, a? Shunaqa zo‘rmi? Qanchadan-qancha zo‘rlarni ko‘rganmiz, bir yerga kirib chiqqandan keyin mulla mingan eshakdek bo‘lib qoladi!

Hammasini tushundim. Bugungi golni nishonlaganimni bular noto‘g‘ri tushunib, «o‘rta barmog‘ini ko‘rsatdi»ga chiqaryapti.

Ahmedov bu voqeadan keyin bir necha kun Toshkentga qayta olmagan, uni dovon yo‘lidagi postdan ortga qaytarib yuborishgan.

Ertasi kuni uydagilar bilan xayrlashib, Toshkentga jo‘nadim. Dovonga chiqish oldidagi postda pasportimni tekshirgan DAN xodimi mashina hujjatlarimni oldi-da:

— Mashinani o‘ngga olasiz, aka!, — deya buyurdi.

— Nimaga? tinchlikmi?

— Uzr, Odil aka, shunaqa buyruq bor…

— Kimdan buyruq?

— Kattalardan…

— Kattalar kim?

— Uzr, aka, qolganini ayta olmayman. Iltimos, o‘ngga o‘ting.

DAN xodimining buyrug‘iga bo‘ysunishdan o‘zga choram yo‘q edi. Mashinani yo‘l chetida to‘xtatib, post yonidagi binoga kirdim. Pasportimni olishga kim buyruq berganiga qiziqdim. Hech kim tayinli gap aytmas, hujjatlarimni ham qaytarmasdi. Orada ancha sarson bo‘ldim. Namanganga qaytishim kerakligi aytildi.

Ertasi kuni ham shu holat takrorlandi.

Ichki ishlardagi haligi polkovnik chindan ham meni qamatish harakatiga tushib qolganini tushundim. «Paxtakor» rahbariyatiga qo‘ng‘iroq qilib, vaziyatni tushuntirdim.

Kechki payt uyimiz darvozasi taqillab qoldi. Kechagi polkovnik turibdi. Bugun ancha yuvosh tortgan, sermulozamat, tilidan bol tomardi.

— Uzr, Olimjon aka, Odil aka… qizishib ketdik. Sizlarni ham ancha ovora qildik. Odil aka bemalol Toshkentga ketsa bo‘ladi.

Nega birdan bunday qarorga kelganini tushunolmadik.

Dovonga ko‘tarilayotganda Ilhom Sharipov qo‘ng‘iroq qilib qoldi:

— Allo, Odil! Yaxshimisan? Kelyapsanmi?

— Yaxshimisiz, Ilhom aka? Ha, qaytyapman. Tinchlikmi, nima bo‘ldi?

— Klubdagilar Mirabror Usmonovga (o‘sha vaqtdagi O‘FF prezidenti) qo‘ng‘iroq qilgan ekan. Mirabror aka o‘rtaga tushibdi.

Hammasiga tushundim. Mirabror Zufarovich menga o‘shanda yordam bergan ekan.

Odil Ahmedov, «Orzuning shonli yo‘li» kitobidan parcha.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:21, 22.12.2021.
O'qildi: 10598 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.