Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Rangnik Vernerni chorlamoqda

Rangnik Vernerni chorlamoqda

Baho:
+ | -

Timo Vernerning «Chelsi»dagi ishlari maqtovga arziydigan darajada emas. Joriy mavsum u APLning 8ta uchrashuvida maydonga tushdi va bittadan gol hamda assistni amalga oshirdi. YECHLda 2ta o‘yin, bitta gol, Liga kubogida bitta uchrashuv va gol. Lekin «Chelsi» undan voz kechishga qaror qilsa, ishlari yurishib ketishi hech gapmas. Chunki uni yanada nomdorroq top-klub - «MYU» o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Axir «qizil iblislar»ni Timoning eski qadrdoni Ralf Rangnik boshqarmoqda.

Rangnik - Verner hamkorligidan ayrim misollar:

*** «Leypsig»ga o‘tish voqeasi. Klub Bundesligadagi Timodan ko‘ra tajribaliroq hujumchilardan birini taklif etmoqchi edi. Biroq Rang­nik Verner variantida qat’iy turib oldi.

*** «Shtutgart»da Verner ko‘proq chap qanotda o‘ynardi. Rangnik uni hujum chizig‘iga o‘tkazdi.

*** 2019 yilda «Leypsig» «Bavariya»dan taklif oldi. U Vernerni xarid qilmoqchi bo‘lgandi. Rangnikning maslahati bilan Timo taklifni rad etdi. Ralf Vernerning saviyasi Nagelsmann davrida yaxshiroq rivojlanadi, deb hisoblagandi.

*** Rangnik - Verner hamkorligi davom etdi. Hatto murabbiy «Red Bull» tizimiga o‘tib ketganida ham muloqot to‘xtamadi. U shogirdiga maslahatlar berib turardi - jumladan, «Chelsi»ga o‘tish bo‘yicha ham.

Endi bu ikkovlon APLdalar. Xabarlarga ko‘ra, birlashib olishlari mumkin. Ehtimol, bu shunchaki, jo‘n xabar emasdir. Rangnik o‘z shtabini shakllantirmoqda. Sasha Lens nomzodlardan biri. U Rangnik shtabida ruhshunos lavozimini egallaydi. Ha, aytgancha, u o‘z sohasi bo‘yicha Germaniyadagi taniqli mutaxassislardan biri. Sasha Lensning futbolchilik faoliyati uzoq davom etmadi. Ammo u vaqtni boy bermay, sport ruhshunosi ixtisosi bo‘yicha tahsil oldi va qisqa vaqt ichida mashhur bo‘lib ketdi. 7 yillik faoliyati davoida Lens 4ta klubda ishlashga ulgurdi: Drezdenning «Dinamo»si, «Leypsig», «Shalke» va endi «MYU».

Sasha Lens 2001 yildan beri «MYU»dagi dastlabki ruhshunos bo‘ldi. Undan avval Bill Beskvik faoliyat yuritgandi. Lens Rangnik bilan aynan «Leyp-sig»da tanishgandi - «buqalar» tizimida u 2015-2018 yillarda faoliyat yuritgandi. U yerda mutaxassis futbolchilar bilan mavsumning og‘ir damlaridagi emosional yuklamalarni muhokama qilar va yangi kelganlarga muhitga moslashishda ko‘mak berardi. Shuningdek, Lens jarohatlardan forig‘ bo‘lish jarayonida o‘yinchilarga ruhiy dalda berib turardi.

Xo‘sh, Lens bilan «MYU»ning, aniqrog‘i, Rangnikning Vernerga bo‘lgan qiziqishi o‘rtasida qanday mushtaraklik bor? Sasha Lens - Timo Verner yoqtiradigan qizning otasi. Futbolchi 4 yildan beri Paula Magdalena Lens bilan uchrashib turadi. Britaniya matbuoti ma’lumotiga ko‘ra, Timo o‘z mahbubasi bilan «Leypsig»da o‘ynab yurganida tanishgan. U qizning otasi bilan ham yaxshi munosabatda. Lekin shaxsiy hayoti xususida hech qachon gaplashgan emas. Vernerning «Instagrami» ham Paula Magdalenaning suratlaridan xoli, uning intervyularida ham qallig‘iga oid gap-so‘zlar yo‘q.

Ralf Rangnik esa o‘zaro munosabatlarning ayrim jihatlaridan xabardor. 2019 yilda murabbiy Bild muxbiri bilan Vernerning «Bavariya»ga o‘tishi variantini muhokama qilgandi. O‘sha maqolada aynan ismlar zikr etilmagan bo‘lsada, futbolchi va Lensga taalluqli ma’lumotlar bor: «Timoning «Leypsig»da qolishiga ishonchim komil. Men uning onasini, yoqtirgan qizini yaxshi bilaman, qizning oilasi bilan bordi-keldimiz bor. Agar Timo Nagelsmann jamoasida qolsa, ular juda mamnun bo‘ladilar».

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:35, 22.12.2021.
O'qildi: 2771 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик