Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

2021-22 yilgi Premyer-ligada kim g‘olib chiqadi?

2021-22 yilgi Premyer-ligada kim g‘olib chiqadi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

«Manchester Siti» «Liverpul» va «Chelsi»ning keskin raqobatiga qaramay, APL chempionligini saqlab qolish uchun favorit bo‘lib qolmoqda.

Premyer-liganing 2021-22 yilgi mavsumi o‘zining an’anaviy Rojdestvo o‘rtasiga yetib borar ekan, chempionlik uchun kurash uchta haqiqiy da’vogargacha qisqardi.

Ular o‘tgan mavsumda bo‘lgani kabi boshqa raqiblardan ilgarilab, ketishlari dargumon bo‘lsa-da, "Manchester Siti" ta’qibchilar "Liverpul" va "Chelsi"ga qarganda favorit bo‘lib ko‘rinmoqda.

Stadion.uz'da Premyer-liga mavsum yakunida qaysi jamoa chempion bo‘lishi uchun imkoniyatlari qandayligini ko‘rib chiqishingiz mumkin.

Premyer-ligada g‘alaba qozonish uchun favorit kim?

Mavsum oldidan favorit sifatida e’lon qilingan "Manchester Siti" 2021-22 yilgi mavsumning birinchi yarmidan so‘ng sakkizinchi Premyer-liga chempionligini qo‘lga kiritish uchun poygada peshqadamlik qilmoqda.

Pep Gvardiola shogirdlari o‘tgan mavsumda 12 ochko farq bilan ligada g‘alaba qozonishdi. Bu safar ham ancha raqobatbardosh ligada o‘z ta’qibchilaridan oldinda bormoqda.

Chempionlik uchun ikkinchi darajali davogarlar

O‘tgan mavsumda asosiy himoyachilarning ko‘plab jarohatlari tufayli "Liverpul" chempionlikni himoya qilolmadi.

Muhammad Saloh ilhomlantiruvchi individual mavsumdan bahramand bo‘lib, Virjil van Deyk o‘zining ishonchli ishtirokini yana bir bor ta’minlagan holda, 2018/19 yilgi chempionlik yo‘lida ko‘plab rekordlarni yangilagan “qizillar” bu safar ham chempionlik uchun oxirigacha harakqt qilishi aniq.

Mavsum boshlanishidan oldin "Liverpul" bilan taqqoslanayotgan "Chelsi" endi kuz/qish mavsumida kelib biroz tempni yo‘qotib qo‘ydi.

Amaldagi Yevropa chempionlari o‘zlarining ajoyib jamoasi va Tomas Tuxelning taktik qobiliyati tufayli kuchli jamoa bo‘lib qolmoqdalar, shuning uchun ular bu janglarda raqiblariga kuchli raqobatlarni taklif qilishi mumkin.

Premyer-ligada g‘alaba qozonishi mumkin bo‘lgan autsayderlar

"Manchester Yunayted" o‘tgan yozda Rafael Varan, Jeydon Sancho va Krishtianu Ronalduni o‘z tarkibiga qo‘shib olganidan so‘ng chempionlik uchun jiddiy kurash olib borishi kutilgandi, ammo mavsumning shov-shuvli boshlanishidan keyin ularda chempionlik ambisiyalari ko‘rinmayapti.

Chempionlar Ligasiga yo‘llanma beradigan, kuchli to‘rtlikdan chetda qolayotgan, "Yunayted" murabbiyni almashtirishga ham majbur bo‘ldi.

"Tottenxem" bilan Premyer-liga chempioni bo‘lish uchun mavsumning dastlabki 3 turida ajoyib natijalarni qayd etgan Nunu Eshpiritu Santu liganing 10 ta o‘yinidan so‘ng iste’foga chiqarildi.

Harri Keyn yozda "Manchester Siti"ga o‘tolmay qoldi. Antonio Konte bu vaziyatda jamoani qutqaruvchi sifatida qabul qilib oldi. Unga chempionlik vazifasi yuklatipmagan va balki Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini olish uning ustuvor vazifasi etib belgilangan.

"Arsenal"da mavsum boshida "Tottenxem" bilan bo‘lgan voqealarning aksi yuz berdi. Ya’ni ular mavsumning dastlabki turlarida 19-o‘rinda yurgan davr ham bo‘ldi.

 

Hamma Artetani ishdan bo‘shatish kerakligini aytdi, lekin rahbarlat unga ishonishda davom etdi va xato qilishmaganliklarini ko‘rib turibmiz. Londonliklar hozir o‘zlaring sevimli 4-o‘rinlariga qaytgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:10, 23.12.2021.
O'qildi: 3517 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик